Dunyo

Xitoyda dunyodagi birinchi pterozavrlar muzeyi ochildi

Xitoyning Shinjon-Uygʻur avtonom hududida pterozavrlar - qadimgi uchuvchi reptiliyalarga bagʻishlangan dunyodagi birinchi ilmiy muzey ochildi. Unda pterozavrlarning uch oʻlchamli holda saqlangan tuxumlari va embrionlari hamda boshqa noyob qazilmalar namoyish etilmoqda.

Xitoyda dunyodagi ilk pterozavrlar muzeyi ish boshladi

Naked Science nashri ma’lumotiga ko‘ra, Xami pterozavrlar muzeyi Xitoyning shimoli-g‘arbidagi milliy geopark hududida joylashgan. Bu hudud pterozavr qoldiqlari ko‘p topilgani bilan mashhur.

Muzeyning ko‘rgazma maydoni qariyb 4,6 ming kvadrat metrni tashkil etadi. Majmua bir-biriga nisbatan siljitib joylashtirilgan oltita oval shakldagi zaldan iborat.

Bino yuqoridan qaralganda cho‘l o‘rtasida yotgan pterozavr tuxumlari uyasini eslatadi.

Muzey ekspozitsiyasida Xitoy Fanlar akademiyasining Umurtqali hayvonlar paleontologiyasi va paleoantropologiyasi instituti olimlari 20 yildan ortiq vaqt davomida olib borgan qazishmalar chog‘ida topilgan toshqotgan qoldiqlar namoyish etilgan.

Ular orasida dunyoda ilk bor topilgan, uch o‘lchamli shaklda saqlanib qolgan pterozavr tuxumlari va embrionlari ham bor. Shuningdek, pterozavrlarning ayrim yirik namunalari ilk bor keng jamoatchilikka taqdim etilgan.

Muzey tashkilotchilari bu topilmalarni birinchi marta yagona ekspozitsiyaga jamlagan. Ko‘rgazma orqali tashrif buyuruvchilar taxminan 130 mln yil avval, bo‘r davrida yashagan pterozavrlarning hayot tarzi va evolyutsiyasi haqida tasavvur hosil qilishi mumkin.

Xitoy Fanlar akademiyasi instituti rahbari Syuy Sinning aytishicha, muzey tashrif buyuruvchilarga ilmiy kashfiyot jarayoni bilan yaqindan tanishish va qadimgi hayotning xilma-xilligini ko‘rish imkonini beradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.