Xitoy Davlat kengashi Bosh vaziri Li Tsyan rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonga keldi
Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Tsyan 17 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga <a target="_blank" href="https://russian.news.cn/20261017/529de18f1eec49fe90adad7eeaed6e0a/c.html">keldi</a>. U Oʻzbekistonda ikki kun boʻladi, shundan soʻng Tojikistonga joʻnab ketadi.

Xitoy Davlat kengashi bosh vaziri Li Tsyan 17 oktyabr kuni rasmiy tashrif bilan Toshkentga keldi. U Oʻzbekistonda ikki kun boʻladi, shundan soʻng Tojikistonga yoʻl oladi.
Xitoy Tashqi ishlar vazirligi xabar qilishicha, tashrif Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripovning taklifiga binoan amalga oshirilmoqda.
Tashrif davomida Li Tsyan Oʻzbekiston bosh vaziri Abdulla Aripov bilan birgalikda Toshkentdagi "Yangi Oʻzbekiston" parkiga tashrif buyurdi. Xitoy bosh vaziri Mustaqillik monumenti poyiga gulchambar qoʻydi va majmua kontseptsiyasi bilan tanishdi.
XXR TIV Pekin mamlakatlar oʻrtasidagi siyosiy ishonchni yanada mustahkamlash va oʻzaro manfaatli hamkorlikni kengaytirishga umid qilayotganini taʼkidladi. Vazirlik, shuningdek, soʻnggi yillarda ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar ayniqsa faol rivojlanayotganini qayd etdi.
Bundan tashqari, avgust oyida XXR raisi Si Tszinpin va Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Bishkekda uchrashuv oʻtkazib, unda ikki tomonlama munosabatlarni rivojlantirishning keyingi yoʻnalishlarini belgilab olgan edilar.

