Texnologiya

Xavf tuğilsa, «ğildirak»ka aylanadi: olimlar ilonning ğayrioddiy qoçiş usulini örgandi

Yaponiyaning Toxo universiteti olimlari xavf paytida tanasini halqa qilib, ğildirakdek yumalab qoçadigan ilon harakatini yuqori tezlikdagi kameralarda qayd etdi. Bunday usul unga odatiy sudralişdan taxminan tört baravar tezroq harakatlaniş imkonini beradi.

Xavf paydo bo‘lsa, «g‘ildirak»ka aylanadi: olimlar ilonning g‘ayrioddiy qochish usulini o‘rgandi

Tadqiqotchilar Kantor qamish iloni — Pseudorabdion longiceps’ning noodatiy harakatlanish usulini o‘rgangan. U oldinga keskin tashlanib, tanasini halqa shakliga keltiradi va yumalaydi. So‘ng bu harakatni qayta-qayta takrorlab, sakrab ketayotgan g‘ildirakni eslatadi.

Shu yo‘l bilan ilon soniyasiga qariyb 30 santimetr masofani bosib o‘ta oladi. Bu uning odatdagi sudralib harakatlanish tezligidan taxminan to‘rt baravar yuqori.

G‘ildirakka o‘xshash harakatni amalga oshirish uchun ilonga markaziy o‘q kerak emas. U tanasining muvofiqlashgan aylanish harakatlari orqali yumalaydi va shu paytda boshining holatini barqaror saqlaydi.

Yuqori tezlikdagi videotasvirlar olimlarga harakatni sekinlashtirib ko‘rish va har bir yumalash siklini alohida bosqichlarga ajratib tahlil qilish imkonini bergan. Bu usul oddiy kuzatuvda payqash qiyin bo‘lgan harakatlarning biomexanikasini batafsil o‘rganishga yordam bergan.

Tadqiqot natijalari Current Biology jurnalida e’lon qilingan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.