Xalq Banki Forbes talqiniga koʻra dunyoning eng samarali banklari reytingidan joy oldi
Forbes ilk bor moliyaviy koʻrsatkichlar asosida banklarning global reytingini tuzdi. 500 ta bankdan iborat roʻyxatga Oʻzbekistonning «Xalq banki» (Xalq Banki) ham kirdi. Bu oʻrin nimani anglatishi va bankning qaysi koʻrsatkichlari natijaga taʼsir qilgan boʻlishi mumkinligini tahlil qilamiz.

Xalq Banki Forbes talqiniga koʻra dunyoning eng samarali banklari reytingidan joy oldi
9 sentyabr kuni Forbes birinchi World’s Top Performing Banks 2026 reytingini taqdim etdi. Unga 89 ta davlatdan 500 ta bank kirdi. Xalq Banki Tier 6 toifasida 142-oʻrinni egalladi, ushbu toifaga Forbes aktivlari 3 milliard dollardan 10 milliard dollargacha boʻlgan banklarni kiritgan.
Muhim aniqlik: bu dunyodagi barcha banklar orasida 142-oʻrin degani emas. Avval Forbes yirik global banklar ancha kichikroq moliyaviy tashkilotlar bilan toʻgʻridan-toʻgʻri taqqoslanmasligi uchun ishtirokchilarni aktivlari hajmi boʻyicha oltita guruhga ajratdi.
Forbes'da allaqachon World’s Best Banks reytingi mavjud. U asosan mijozlar oʻrtasidagi soʻrovnomalarga asoslangan: ishtirokchilardan bankdan qoniqish hosil qilganligi, ishonch, xizmat koʻrsatish sifati, raqamli xizmatlar va boshqa xususiyatlar haqida soʻraladi.
World’s Top Performing Banks эса бошқача тузилган.
Forbes va Statista tadqiqot kompaniyasi banklarning moliyaviy maʼlumotlaridan, yirik maʼlumot yetkazib beruvchilar, jumladan, S&P Capital IQ maʼlumotlaridan, oʻz tadqiqotlari natijalaridan va banklar koʻrsatkichlarning dolzarbligini tekshirish uchun taqdim etishi mumkin boʻlgan maʼlumotlardan foydalandi.
Reytingda ishtirok etish uchun bank 3 milliard dollardan ortiq aktivga ega boʻlishi, auditdan oʻtgan moliyaviy hisobotlarni eʼlon qilishi va kamida uch yil davomida taqqoslanadigan maʼlumotlarga ega boʻlishi kerak edi. Forbes 2025 yil uchun hisobot mavjud boʻlgan taqdirda oxirgi mavjud moliyaviy yildan, aks holda 2024 yildan foydalanilganini taʼkidladi.
Shundan soʻng banklar toʻrtta yoʻnalish boʻyicha baholandi:
● daromadlilik, yakuniy bahoning 30%
● daromadlarning oʻsishi va sifati, 20%

