Vosiq xalqaro maktabining Tutzor filiali ish boshladi
Tutzorda ish boshlagan yangi majmua 1 500 nafar oʻquvchiga moʻljallangan maktab va 360 nafar tarbiyalanuvchiga moʻljallangan maktabgacha taʼlim boʻlimini oʻz ichiga oladi. Taʼlim jarayonida xorijiy tillar, aniq va tabiiy fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish hamda xalqaro tajribaga ega pedagoglarni jalb etishga alohida eʼtibor qaratilgan.

Vosiq xalqaro maktabining Tutzor filiali faoliyatini boshladi
Tutzorda ishga tushgan yangi majmua 1 500 nafar oʻquvchiga moʻljallangan maktab hamda 360 nafar tarbiyalanuvchiga moʻljallangan maktabgacha taʼlim boʻlimini oʻz ichiga oladi. Taʼlim jarayonida xorijiy tillarni, aniq va tabiiy fanlarni chuqurlashtirib oʻqitish, shuningdek, xalqaro tajribaga ega pedagoglarni jalb etishga alohida eʼtibor berilgan.
Yangi filialda oʻquvchilar uchun IB (International Baccalaureate) dasturi asosida taʼlim olish, fizika, kimyo va biologiya fanlarini chuqur oʻrganish hamda kelajakda tibbiyot yoʻnalishini tanlashga tayyorgarlik koʻrish imkoniyatlari yaratilgan.
Oʻzbekistonda farzandi uchun sifatli taʼlim, zamonaviy sharoit va kelajak kasbiga puxta tayyorgarlik izlayotgan ota-onalar soni ortib bormoqda. Taʼlim muassasalari esa bu talabga javoban oʻz imkoniyatlarini kengaytirmoqda.
Shu yoʻnalishda faoliyat yuritayotgan Vosiq xalqaro maktabi Tutzor mahallasida yangi filialini ishga tushirdi. Yangi oʻquv maskani maktab va maktabgacha taʼlim majmuasidan iborat.
Maktab 2017-yilda Toshkent shahri Chilonzor tumanidagi Doʻmbirobod mahallasida oʻz faoliyatini boshlagan. Maktabning rasmiy maʼlumotlariga koʻra, shu yil majmua tashkil etilgan.
Tutzor filialining ochilishiga bagʻishlangan tadbirda Toshkent viloyati hokimi Zoyir Mirzayev, tuman hokimi Sardorbek Ergashev, taʼlim sohasi vakillari, ustozlar, ota-onalar, oʻquvchilar hamda jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Yangi majmua tarkibida maktab bilan birga maktabgacha taʼlim boʻlimi ham faoliyat yuritadi. Maktab qismi 1 500 nafar oʻquvchiga, maktabgacha taʼlim boʻlimi esa 360 nafar tarbiyalanuvchiga moʻljallangan.
Bu yerda taʼlim jarayoni bolaning yoshi va rivojlanish bosqichiga mos ravishda tashkil etilishi koʻzda tutilgan.
Vosiq Xalqaro maktabining rasmiy maʼlumotlariga koʻra, taʼlim tizimida oʻquvchilarning qiziqishlari, ijodiy salohiyati va individual qobiliyatlarini hisobga olish, muloqot, tahliliy va mantiqiy fikrlash koʻnikmalarini rivojlantirishga eʼtibor qaratiladi.

