Vogue jurnali dunyodagi eng zamonaviy itni aniqladi

Vogue jurnali dunyodagi eng zamonaviy itni aniqladi.
Vogue jurnali o‘zining "Dogue" tanlovining ikkinchi mavsumini yakunladi, unda jurnal muqovasi uchun eng bashang it tanlandi.
Tahririyat butun dunyo bo‘ylab o‘z itlarini jurnal muqovasi uchun model sifatida taqdim etgan o‘quvchilardan minglab arizalarni qabul qildi. Hakamlar hay’ati 25 ta finalchini saralab oldi. Italiya greyxaund (tozi) zotiga mansub Ser Spad laqabli it 2026-yilgi Dogue tanlovining g‘olibi bo‘ldi.
G‘olib uchta mezon asosida tanlandi: surat kompozitsiyasi (50 foiz), surat orqali itning xarakterini yetkazish (25 foiz) va uning qobiliyatlari. Ta’kidlanishicha, Ser Spad dastlab hakamlar e’tiborini mukammal qaddi-qomati bilan tortgan, so‘ngra o‘zining "aqlli va sinchkov ko‘zlari" bilan ularni butunlay rom etgan.
Avvalroq Shimoliy Koreya hukumati aholiga it sho‘rvasini ichishni tavsiya qilgani haqida xabar berilgandi. Bunday sho‘rva issiq kunlarda "oyoqqa to‘kilib ketsa ham da’vo ekani" ta’kidlangan. Sababi mamlakatda havo harorati rekordi qayd etilgan.

