Dunyo

Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepishdi (video)

**Vengriya bosh vazirining yuziga sharob sepishdi (video)**

Vengriya bosh vaziri Peter Madyarning yuziga sharob sepib yuborildi. Hodisa Seksard shahrida o‘tkazilgan hosil bayrami paytida yuz berdi. Bu voqeani aks ettirgan videoni siyosatchining o‘zi Facebook sahifasida joylashtirdi.

Kadrda noma’lum erkak avval stakandagi ichimlikdan bir qultum olgani, keyin esa sharobni bosh vazir tomonga sepib yuborgani ko‘rinadi. Xavfsizlik xizmati xodimi erkakni zudlik bilan tashqariga olib chiqqan, bosh vazir esa bayram ishtirokchilari bilan suhbatini davom ettirgan.

Madyar voqeaga munosabat bildirib, erkak unga yaqinlashishga jurʼat qilmaganini, yaxshi sharob esa behuda ketganini yozdi.

“Orbanning sobiq tarafdorlaridan biri ichib olib, o‘zini haddan tashqari jasur his qilib yubordi. Pech shahridan uyga qaytayotganimizda mahalliy aholi taklifiga binoan Seksarddagi hosil bayramiga borgandik. Aftidan, atrofdagilar yaxshi vaqt o‘tkazayotgani, biz yuzlab odamlar bilan suhbatlashib, suratga tushayotganimizdan bu janobning g‘ashi kelgan”, deydi Madyar.

Siyosatchi bunday holatga birinchi marta duch kelayotgani yo‘q. Avvalroq Budapeshtdagi G‘arbiy vokzal yaqinida, Madyar brifingga ketayotgan paytda ham shunga o‘xshash provokatsiya bo‘lgan — o‘shanda unga tupurishgan.

Madyar vaziyatga xotirjam munosabat bildirib, tupurgan shaxsga nisbatan ayblov qo‘ymaslikka qaror qilgan. U Vengriyani xavfsiz davlat deb bilishini aytgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.