Venesuela muxolifati yetakchisi Mariya Machado bir necha oylik surgundan soʻng qaytdi
Machado AQSh hukumati Venesuela prezidenti Nikolas Maduroni qoʻlga olishidan bor-yoʻgʻi bir oy oldin mamlakatni tark etgan edi.

Venesuela muxolafati arbobi Mariya Korina Machado 10 oydan ortiq surgundan soʻng siyosiy muhit taranglashgan bir vaqtda Venesuelaga qaytib keldi.
«Men shu yerdaman. Sizlar bilanman», — deb yozdi Machado yakshanba kuni X (sobiq Twitter) tarmogʻida.
Uning ittifoqchisi, sobiq prezidentlikka nomzod Edmundo Gonsales Urrutia bir necha daqiqadan soʻng bu xabarni tasdiqlab, shunday post qoldirdi: «Sizlarga shuni toʻlqinlanish bilan maʼlum qilamanki, yetakchimiz, qadrli Mariya Korinam Venesuela zaminida».
Yanvar oyida, Machado Norvegiyada Nobel tinchlik mukofotini qabul qilib olish uchun Venesuelani tark etganidan bir oy oʻtib, AQSh uning raqibi — Prezident Nikolas Maduroni qoʻlga oldi.
Shundan soʻng Tramp maʼmuriyati uning oʻrinbosari Delsi Rodrigesni yetakchi sifatida qoʻllab-quvvatladi va u vaqtinchalik prezident sifatida qasamyod keltirdi, keyinchalik esa AQSh bilan neft boʻyicha kelishuv imzoladi.

