Dunyo

Venesuela, Eron, Ukraina, Isroil, Gʻazo, Kuba - Lavrov BMTda chiqish qildi

Rossiya tashqi ishlar vaziri Bosh Assambleyaning oxirgi kunlaridan birida minbarga chiqib, AQSH va Gʻarbni keskin qoraladi. Maduro va rafiqasi oʻgʻirlanganini tanqid qilib, Vashingtondan ularni qoʻyib yuborishlarini soʻradi. Eron oliy rahbari va harbiy rahbariyati yoʻq qilinganini esa xalqaro huquqqa butunlay zid voqea, deya atadi.

Venesuela, Eron, Ukraina, Isroil, Gʻazo, Kuba — Lavrov BMTda nutq soʻzladi

U nutqining boshida SHHT, BRIKS va MDHni maqtab, bu tuzilmalarda birlashganlar endi xalqaro masʼuliyatni zimmasiga olayotgani, Gʻarb gegemonligi esa tarixda qolganini aytmoqchi boʻldi.

Rossiya tashqi ishlar vaziri AQShning Venesueladagi operatsiyasini keskin tanqid qildi. Lavrovning soʻzlariga koʻra, bu mutlaqo noqonuniy.

«Axloqiy meyorlarga zid ravishda AQSH Venesuelaga bostirib kirdi, natijada prezident Maduro va uning turmush oʻrtogʻi oʻgʻirlanib, sudsiz Amerika qamoqxonasida ushlab turildi. Bu xalqaro huquq har qanday davlatning eng yuqori martabali davlat amaldorlari immunitetlarga ega boʻlishi kerakligini aniq koʻrsatishiga qaramay sodir boʻldi. Biz Venesuela rahbari va uning turmush oʻrtogʻini zudlik bilan ozod qilishni va bunday haddan tashqari xatti-harakatlar takrorlanmasligini talab qilamiz», dedi Lavrov.

Shuningdek, u Eron oliy rahbari Oyatulloh Ali Xominaiy va uning oila aʼzolari, Eron Islom Respublikasi harbiy va siyosiy rahbariyati vakillarini oʻldirish uchun kuch ishlatilganini qabul qilib boʻlmasligini taʼkidladi.

Rossiya vakiliga koʻra, Gʻazodagi tinchlik rejasi umuman ishlamayapti.

«Deyarli bir yil oldin Xavfsizlik kengashi Gʻazo sektori uchun tinchlik rejasini tasdiqlagan edi, ammo u yerda tinchlik hukm surmayapti. Keksa odamlar, ayollar va bolalar u yerda halok boʻlishda davom etmoqda. Gumanitar vaziyat ogʻir. Gʻarbiy sohilda vaziyat yomonlashishda davom etmoqda, u yerda Isroil oʻzining aholi punktlarini qurish faoliyatini kuchaytirmoqda. Agar vaziyat davom etsa, Falastin davlatini tuzish imkonsiz boʻladi, joy qolmaydi. Ammo agar shunday boʻlsa, Isroilning xavfsizligi ham doimiy tahdid ostida boʻladi», deydi Lavrov.

Rossiya vakili chiqishida Kubadagi vaziyatga ham toʻxtalib, Moskva doim Kubaning yonida ekanini bildirdi.

«Kubadagi dahshatli gumanitar vaziyatni bartaraf etish uchun shoshilinch choralar koʻrish kerak. Biz Kuba xalqi va uning hukumati bilan birgamiz. Biz AQSHni oroldagi qamalni bekor qilishga va Kuba bilan savdodagi barcha cheklovlarni olib tashlashga, uni oʻsha jirkanch roʻyxatdan, terrorizmni qoʻllab-quvvatlovchi davlatlar roʻyxatidan chiqarib tashlashga chaqiramiz», dedi Lavrov.

Vazirning qoʻshimcha qilishicha, Ukraina urushining davom etishiga eng katta sababchi — Yevropa. Ular Trampning tinchlik muzokaralarini bekor qilish uchun qoʻlidan kelganini qilishmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.