V Osiyo Para oʻyinlari. Uchinchi kun ham Oʻzbekiston 33 ta medalni qoʻlga kiritdi
«Aichi-Nagoya 2026» V Osiyo paraoʻyinlarining uchinchi kunida Oʻzbekiston delegatsiyasi medallarning umumiy sonini 89 taga yetkazdi. 21 oktyabr kuni mamlakat atletlari 12 ta oltin, 9 ta kumush va 12 ta bronza medalini qoʻlga kiritdilar. Pauerliftingda jahon rekordi yangilandi.

V Osiyo Paraoʻyinlarida: uchinchi kuni Oʻzbekiston yana 33 ta medalni qoʻlga kiritdi
«Aichi-Nagoya 2026» V Osiyo Paraoʻyinlarining uchinchi musobaqa kunida, 21 oktyabr kuni Oʻzbekiston terma jamoasi gʻaznasini 33 ta medal bilan boyitdi: 12 ta oltin, 9 ta kumush va 12 ta bronza. Jamoa hisobidagi medallarning umumiy soni 89 taga yetdi — 30 ta oltin, 30 ta kumush va 30 ta bronza. Umumiy medallar hisobida mamlakat delegatsiyasi Xitoy va Yaponiyadan keyin uchinchi oʻrinda bormoqda.
Ayollar oʻrtasidagi parapauerlifting boʻyicha 73 kg gacha boʻlgan vazn toifasida Roza Kuziyeva 152 kg toshni koʻtarib, jahon rekordini oʻrnatdi. Ushbu sport turida Bekzod Jamilov (80 kg, 229 kg) va Ruxshona Oʻktamova (67 kg, 127 kg) ham chempion boʻlishdi.
Parayengil atletikada oʻzbekistonlik sportchilar Paraoʻyinlar rekordlarini yangilashdi: Doston Qahhorov (T36, 400 m, 54,42 s), Boburjon Omonov (F41, yadro uloqtirish, 13,07 m) va Qudratillaxon Maʼrufxoʻjayev (F37, disk uloqtirish, 57,39 m).
F32 klasida erkaklar oʻrtasida yadro uloqtirish finalida Xurshid Qodirov 9,40 m natija koʻrsatdi va Osiyo Paraoʻyinlari rekordini oʻrnatib, oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Parasuzishda Yegor Bolotov (S13, chalqancha suzish 100 m, 58,43 s — Osiyo rekordi) va Muslima Odilova (S13, chalqancha suzish 100 m, 1:12,99) oltin medallarni qoʻlga kiritishdi. shuningdek, shohsupaning eng yuqori pogʻonasiga paradzyudochi Dovurxon Karomatov (J2, 95 kg gacha), parataekvondochi Guljanoy Naimova (65 kg dan yuqori) va paravelosport ustasi Marjona Pardaboyeva (T1−2, vaqtga poyga) koʻtarilishdi.
Paravelosipedchilar oʻrtasida Odina Hamdamova (T1−2), pilot Olga Zabelinskaya bilan tandemda chiqish qilgan Robiyaxon Toshpoʻlatova (B klasi), shuningdek, Bunyod Hayitmahammadov (C1−5) kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.
Parayengil atletikada Mohigul Sharobidinova (F56/57, disk uloqtirish) va Sabina Suxanova (T37, uzunlikka sakrash) kumush medalga ega chiqishdi. Bundan tashqari, F32 klasida yadro uloqtirishda Sunnat Botirov 9,06 m natija koʻrsatib, kumush medal sovrindori boʻldi.
Paradzyudochilar oʻrtasida Mohinur Parmonova (J2, 70 kg dan yuqori) va Islomjon Toʻxtaboyev (J1, 95 kg dan yuqori), shuningdek, parataekvondo vakili Umarjon Moʻydinov (80 kg dan yuqori) ikkinchi oʻrinni egallashdi.
Parayengil atletikada bronza medallar Botir Muhammedov (T13, uzunlikka sakrash), Temurbek Gʻiyosov (T64, balandlikka sakrash), Shahina Azimova (T37, uzunlikka sakrash) va Asila Mirzayorovaga (T11, 100 m, yetakchi yuriruvchi bilan) nasib etdi.
Parataekvondo vakillari orasida Karomat Qosimova (65 kg dan yuqori), Otabek Amatov (80 kg gacha) va Asadbek Toshtemirov (80 kg dan yuqori) bronzani qoʻlga kiritishdi. Paradzyudoda Habiba Joʻrayeva (J2, 70 kg dan yuqori) va Feruza Ergasheva (J1, 70 kg dan yuqori) bronza medal sovrindorlari boʻlishdi.
Bronza medallarni, shuningdek, shossedagi paravelosportda Jahongir Xalilov (T1−2), parapauerlifting boʻyicha Qudratoy Toshpoʻlatova (73 kg, natija — 130 kg) va parasuzish boʻyicha Dias Mirmanov (S9, 400 m erkin usulda, 4:32,18) qoʻlga kiritishdi.

