Layfstayl

“Uzuklar hukmdori” filmidagi ziyrak tomoshabinlar ham payqamagan 10 ta qiziqarli detal

Trilogiya ishlanganiga 20 yildan oshgan bo‘lsa-da, muxlislar bu filmni qayta-qayta tomosha qilib, yangi qirralarni topishda davom etmoqda.

“Uzuklar hukmdori” filmidagi ziyrak tomoshabinlar ham payqamagan 10 ta qiziqarli detal

Trilogiya suratga olinganiga 20 yildan oshgan bo‘lsa ham, muxlislar bu filmni qayta-qayta tomosha qilib, unda yangi jihatlarni topishda davom etmoqda. Rejissyor Piter Jekson R.R. Tolkin asariga asoslangan ushbu filmda noodatiy epizodik rollar va ishoralardan ustalik bilan foydalangan.

Alfred Xichkok, Eldar Ryazanov va boshqa rejissyorlar singari Piter Jekson ham o‘z filmlarida ko‘rinish berishni yoqtirgan. U ilk filmi “Begona mavjudot”da bosh rolni ijro etgan, keyin esa epizodik rollar bilan cheklangan. “Uzuklar hukmdori” trilogiya bo‘lgani uchun rejissyor unda uch marta paydo bo‘lgan. “Uzuklar ittifoqi” filmida u sabzi chaynayotgan qishloqi, “Ikki qal’a”da dushmanga nayza otgan askar, “Qirolning qaytishi”da esa Umbar qaroqchilaridan biri sifatida ko‘rinadi.

Shunday kichik rollarda aktyorlarning qarindoshlari va filmning texnik xodimlari ham suratga tushgan. Bunday epizodlar kinoga o‘ziga xos joziba va samimiy muhit bag‘ishlagan.

Hozirgi kunda “Uzuklar hukmdori” asarining eng mashhur ekranizatsiyasi Jeksonning filmi hisoblanadi. Ammo undan oldin SSSRda shu asar asosida telespektakl sahnalashtirilgan. Bundan tashqari, 1978-yilda Amerika-Britaniya hamkorligida ishlangan animatsion film bor, u haqida turli bahslar bo‘lsa-da, Jekson ularga hurmat sifatida trilogiyada ayrim sahnalardan foydalangan.

Masalan, Frodo do‘stlari bilan daraxt tagiga berkinib olgan sahnani rejissyor xuddi multfilmdagidek tasvirlagan.

Gendalf — boshqalarni xavfli safarlarga jo‘natadigan qahramon. Uning sabab Bilbo va Frodoning sarguzashtlari boshlanadi. U nafaqat qudratli sehrgar, balki hayotdan zavqlanadigan, tabiat qo‘ynida trubka chekib o‘tirishni yoqtiradigan inson sifatida ham tasvirlangan. Hatto uning hassasida mushugi uchun maxsus joy bor.

Film finalida Sauron mag‘lubiyatidan keyingi voqealar ko‘rsatiladi. Frodoning sodiq do‘sti Sem vataniga qaytadi va oila qurib, qizli bo‘ladi.

Kadrda doimo oila bag‘riga intilgan baxtli xobbit tasvirlangan. Obraz tabiiy va ishonarli chiqishi uchun rejissyor Shon Estinga qizi Aleksandra bilan birga rol o‘ynashni taklif qiladi. Ota va qiz ishtirokidagi kadrlar juda tabiiy va chiroyli chiqqan.

Mak-Kellen ajoyib talaffuzga ega, chunki u yillar davomida ingliz teatrida rol o‘ynagan. Ammo “Uzuklar hukmdori” filmida uning obrazi g‘ayrioddiy aksentda gapiradi. Gap shundaki, aktyor Ien Mak-Kellen asar muallifi Tolkinning nutqini nusxalashga harakat qilgan.

“Uzuklar hukmdori” trilogiyasi va klassik Amerika filmi “O‘z mamlakatining sehrgari” o‘rtasida o‘xshash kadrlar ko‘p uchraydi. Ulardan eng mashhuri ikkinchi film oxirida Frodo, Sem va Gollum Mordor darvozasiga yetib borib, kirish rejasini tuzadigan sahnadir. Bu “O‘z mamlakatining sehrgari”dagi Temir o‘tinchi, Qo‘rqoq sher va Somon qo‘g‘irchoq ishtirokidagi sahnaga juda o‘xshaydi. Ikkala holatda ham qahramonlar ichkariga kirish uchun soqchilar kiyimini o‘g‘irlab, niqoblanishga urinadi.

Nazgullar trilogiyaning eng qo‘rqinchli qahramonlaridir. Sauron hukmiga bo‘ysungan va uzukni izlab O‘rta yerda izg‘ib yuradigan sobiq qirollarning qiyofasi xuddi o‘limni eslatadi. Ularning yaqinlashayotganidan dahshatli chinqiriq darak beradi. Ammo Piter Jeksonning rafiqasidagi xastalik va uning yumor hissi bo‘lmaganida, bu hayqiriq ham bo‘lmasligi mumkin edi.

Film ustida ishlash jarayonida ovoz rejissyorlari chinqiriqning turli variantlarini sinab ko‘rishdi, biroq ularning hech biri yetarlicha qo‘rqinchli chiqmagan. Shunda Piter Jekson rafiqasi — ssenariynavis Fren Uolshning ovozini eshitib ko‘rishni taklif qildi. U o‘sha paytda endigina tomoq infeksiyasini boshdan kechirgan va ovozi g‘ayrioddiy chiqayotgan edi. Haqiqatan ham, Uolsh bor kuchi bilan qichqirganida, bu ovoz yetarlicha vahimali va film ruhiga juda mos chiqdi. Xayriyatki, eri eng qo‘rqinchli va xavfli maxluqlarga uning ovozini berishni taklif qilganidan u xafa bo‘lmadi.

Piter Jeksonning trilogiyasi jami 12 soat davom etadi. Ammo bu vaqt Tolkinning ulkan asaridagi butun syujetni sig‘dira olmagan. Shu bois rejissyorlar ayrim syujet va personajlarni olib tashlashga majbur bo‘lishgan. E’tiborga molik jihati shuki, ular filmga kiritilmagan obrazlarga hurmat ko‘rsatishni uddalashgan.

Daraxtsoqol Ent kitobdagi ba’zi personajlarga ishora qiladi. U Saruman bilan urush boshlashga birinchilardan bo‘lib rozi bo‘lgan qabilaning baquvvat va dovyurak vakili Kvikbimga o‘xshaydi. Ammo bundan ham qiziqrog‘i, Ent Tom Bombadilning so‘zlari va harakatlarini takrorlaydi.

Piter Jeksonni Tolkinning fantastik dunyosini tasavvur qila olgani uchun maqtashadi. Ammo rejissyor o‘zining ilhom manbalari — “Uzuklar hukmdori”ning turli nashrlarida O‘rta Yerni tasvirlagan illyustratorlar Alan Li va Jon Xou asarlari borligini hech qachon yashirmagan. Jekson ekranlashtirishni boshlaganida, bu rassomlarni dunyo dizaynini yaratish uchun taklif qiladi.

Minnatdorlik sifatida Li va Xou nafaqat titrlarda eslatma va tegishli gonorar olishadi, balki filmning o‘ziga ham qo‘shiladi. Birinchi kartinaning boshida uzuklarga ega bo‘lgan qirollar ko‘rsatilgan. Chap va o‘ng tomondagi eng chetdagilar aynan shu rassomlardir.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.