Layfstayl

Ziyrak tomoshabinni ham chalg‘itadigan detektiv seriallar (treyler)

Ziyrak tomoshabinni ham adashtirib yuboradigan detektiv seriallar (treyler)

Yaxshi detektiv serial tomoshabinni maxsus effektlar bilan emas, balki haqiqatni oxirgi qismgacha qanchalik ustalik bilan yashira olishi bilan ushlab turadi. Quyida sirlari va tergov jarayonlari shu darajada chalkashtirilganki, ularning yechimini finalgacha topish deyarli imkonsiz bo‘lgan o‘nta serialni jamladik.

HBO’ning ushbu miniseriali yangi tanishi bilan o‘tkazgan bir kechasi dahshatga aylangan talaba yigit haqida hikoya qiladi: qahramonimiz qizning qotilligida bosh gumondorga aylanadi. Serial AQSH sud tizimining ishlash mexanizmini ko‘rsatib, qahramonning aybdorligi va aybsizligi o‘rtasidagi muvozanatni saqlash orqali intriga yaratadi.

Serial voqealari 1973-yilgi Rimda kechadi. Real voqealarga tayangan syujetga ko‘ra, dunyoning eng boy odamlaridan biri, neft imperiyasi vorisi Jon Pol Getti III o‘g‘irlab ketiladi. Italiyalik jinoyatchilar to‘lovni kutayotgan, merosxo‘rning oilasi esa o‘g‘rilar bilan muzokaralar va ichki kelishmovchiliklar orasida sarson bo‘layotgan bir paytda, serial ba’zan eng katta xavf jinoiy dunyoda emas, aynan o‘z oilangda yashirinishi mumkinligini ko‘rsatadi.

2015-yilda yuz bergan real voqealarga asoslangan ushbu miniserial ikki mahkum — Richard Mett va Devid Svitning Nyu York shtatidagi o‘ta qattiq qo‘riqlanadigan Klinton qamoqxonasidan qochishi haqida hikoya qiladi. Voqealar markazida qamoqxona tikuvchilik ustaxonasi ishchisi Tilli Mitchell turadi. U bir vaqtning o‘zida har ikki mahbus bilan ishqiy munosabatga kirishib, ularga qochishni rejalashtirishda yordam beradi.

Keyt Uinslet Pensilvaniyadagi kichik shaharcha detektivi sifatida jinoyatlarni tergov qiladi va shu bilan birga barbod bo‘layotgan oilaviy hayotini saqlab qolishga urinadi. Serial yilning eng nufuzli loyihalaridan biriga aylandi: Uinslet eng yaxshi ayol roli uchun “Emmi” mukofotini oldi, suratga olish maydonchasidagi hamkasblari Evan Piters va Julianna Nikolson esa ikkinchi darajali rollar uchun mukofotlarga sazovor bo‘lishdi.

Mashhur sud ishiga asoslangan ushbu serial o‘z xotini Ketlinni o‘ldirishda ayblangan yozuvchi Maykl Peterson haqida hikoya qiladi. Serial bir xil voqealarni goh fojiali tasodif, goh puxta o‘ylangan qotillik sifatida turli rakurslardan namoyish etadi. Shu tariqa, yillarga cho‘zilgan sud dramasida kimga ishonishni tomoshabinning o‘ziga havola qiladi.

Hulu telekanalining ushbu miniseriali 1997-yilda bazmdan uyiga qaytmagan 14 yoshli Rina Virkning g‘oyib bo‘lishi bilan bog‘liq real voqealarga asoslangan. Mazkur ishni tergov qilishga politsiya detektivi Kem Bentland (Lili Gladstoun) va yozuvchi Rebekka Godfri (Rayli Kio) kirishadi — asosiy gumonlanuvchilar esa qizning o‘z davrasidagi bir nechta o‘smirlardir.

1990-yilda suratga olingan mashhur trillerning remeyki. Bosh rolni Jeyk Jillenhol ijro etgan. Okrug prokurori Rasti Sabich ikki xil hayot kechiradi: uning mehribon rafiqasi bor va u hamkasbi Kerolin Polxemus bilan yashirin ishqiy munosabatda bo‘ladi. Kerolin o‘ldirilgach, ishni tergov qilish Rastiga topshiriladi. Natijada u nikohini saqlab qolish uchun xiyonatini yashirishga urinish bilan asosiy gumondorga aylanish xavfi o‘rtasida qoladi.

Bosh rollarni Jud Lou va Jeyson Beytman ijro etgan Netflix miniseriali muvaffaqiyatli restoran va tungi klub egasi Jeyk Fridken haqida hikoya qiladi. Kreditorlar va Nyu York sudxo‘rlari ta’qib qilayotgan muammoli akasi Vins qaytib kelishi bilan Jeykning izga tushgan hayoti ostin-ustun bo‘lib ketadi.

Amazon Prime Video’ning yangi loyihasi egizak opa-singil Enni Jeykobson va uning ukasi Konnor haqida hikoya qiladi. Ular uzoqlashib ketgan bobolari Kanadadagi ko‘lda joylashgan orolni meros qilib qoldirganini bilib qolishadi. Ota hech qachon farzandlariga bobolari bilan muloqot qilishga ruxsat bermagan va u haqda yomon gapirgan. Shu sababli Enni oilasi aslida nimalarni yashirayotganini aniqlash uchun Kanadaga yo‘l olishga qaror qiladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.