Iqtisodiyot

UzNIF dividendlari, 2027 yilda davlat kompaniyalarining ikkita IPO’si va islohotlar. Marius Dan bilan intervyu

Milliy investfond (OʻzMIF) portfel kompaniyalarining dastlabki ikkita IPO’sini 2027 yilda oʻtkazishni rejalashtirmoqda. Nomzodlar orasida — «Oʻzbektelekom» bor. Franklin Templeton vakili Marius Dan «Gazeta»ga xususiylashtirish, davlat kompaniyalari islohoti va fondning 2028 yilda kutilayotgan ilk dividendlari haqida soʻzlab berdi.

OʻzNIF dividendlari, 2027 yilda davlat kompaniyalarining ikkita IPO’si va islohotlar. Marius Dan bilan intervyu

2026 yil may oyida xalqaro investitsiya kompaniyasi Franklin Templeton tomonidan boshqariladigan Oʻzbekiston Milliy investitsiya fondi (OʻzNIF) London va Toshkent fond birjalarida IPO oʻtkazdi. Joylashtirish davlatga deyarli 700 mln dollar keltirdi. Fond portfeliga 13 ta davlat kompaniyasi va boshqa aktivlardagi ulushlar, jumladan Uzbekistan Airways, «Oʻzbektelekom», SQB va energetika sektori korxonalari kiradi.

«Gazeta»ga bergan intervyusida Templeton Global Investments Markaziy Osiyo boʻyicha bosh direktori Marius Dan qaysi kompaniyalar birinchi boʻlib birjaga chiqishi mumkinligi, OʻzNIF IPO’sidan keyin nimalar oʻzgargani, aktsiyadorlar qachon dividend olishi va nega fond SQB’ning ularni toʻlashdan voz kechishini qoʻllab-quvvatlagani haqida soʻzlab berdi. Biz, shuningdek, energetika islohotlari, kompaniyalarni boshqarishda davlatning roli va keyingi xususiylashtirish istiqbollarini muhokama qildik.

— Ilgari siz Ruminiyada davlat aktivlarini boshqarish bilan shugʻullangansiz. Bu tajribaning Oʻzbekistondagi ishingizdan asosiy farqi nimada?

— Avvalambor, Oʻzbekistonda biz fond tashkil etish boʻyicha hukumat bilan birgalikda ishladik. Bizda 13 ta aktivdan iborat juda qiziqarli portfel bor va bozor joriy yil may oyida Oʻzbekiston Milliy investitsiya fondining muvaffaqiyatli IPO’si paytida uning jozibadorligini tasdiqlab boʻldi.

Biz Ruminiyada haqiqatan ham katta tajribaga egamiz. Oxirgi 15 yil davomida biz kompaniyalarni qayta tashkil etish va transformatsiya qilish, korporativ boshqaruvni yaxshilash, energetika aktivlari, neft-gaz infratuzilmasi samaradorligini oshirish bilan shugʻullandik.

Oʻzbekistonda alohida taʼkidlab oʻtmoqchi boʻlgan asosiy farq — bu hukumatning iqtisodiyotning barcha asosiy sektorlarida islohotlar oʻtkazishga boʻlgan intilishidir. Bu islohotlar portfelimizdagi kompaniyalarga ham ijobiy taʼsir koʻrsatadi.

Biz oxirgi 8−10 yil ichida amalga oshirilgan oʻzgarishlar natijalarini koʻrib turibmiz. Menimcha, investorlar fond IPO’sida ishtirok etish orqali islohotlar surʼati nafaqat saqlanib qolishiga, balki tezlashishiga ham qatʼiy ishonch bildirdilar. Bu aktivlarimiz qiymatining keyingi oʻsishiga xizmat qiladi.

— Bu Toshkent fond birjasi tarixidagi eng yirik bitim boʻldi. Bu London fond birjasi uchun ham muhim bitimga aylandi. Xususan, bu 2018 yildan beri faqat bitta global bank-koordinator ishtirok etgan birinchi joylashtirish boʻldi.

Biz konsultantlar konsortsiumini va IPO’da ishtirok etgan investorlar oʻrtasida aktsiyalar taqsimlangan talablar kitobini (book-building) shakllantirish boʻyicha goyat katta ishlarni amalga oshirdik.

Bu Oʻzbekistondan xalqaro fond bozoriga aktsiyalarni joylashtirish boʻyicha birinchi bitimdir.

Shuningdek, alohida taʼkidlamoqchimanki, hozirda OʻzNIF aktsiyalari sof aktivlar qiymatiga (NAV) nisbatan biroz mukofot (premiya) bilan sotilmoqda. Agar dunyodagi barcha yopiq turdagi ommaviy investitsiya fondlariga qaraydigan boʻlsak, OʻzNIF, bizning fikrimizcha, hozirda NAV’ga nisbatan eng yuqori bahoga ega.

Bu investorlarning OʻzNIF’da biz yaratishimiz mumkin boʻlgan qiymat boʻyicha kutmalarini, shuningdek, islohotlar davom etishiga boʻlgan ishonchini koʻrsatadi.

Portfel kompaniyalariga kelsak, eng avvalo, ularning barchasi biz tomonimizdan tashkil etilgan tadbirlar davomida institutsional investorlar bilan bevosita muloqot qilish imkoniyatiga ega boʻldilar.

Kompaniyalar rahbarlari shaffoflik, investorlar bilan muloqot, sifatli biznes-strategiya va korporativ boshqaruv qanchalik muhimligini oʻz koʻzlari bilan koʻrdilar. Bularning barchasi kelajakda kapital bozorlarida oʻz bitimlarini oʻtkazishga yordam beradi.

— Menimcha, ha. Baʼzi hollarda natijalar, ehtimol, ayrim investorlarning, ayniqsa, u yoki bu sababga koʻra dastlabki joylashtirishda ishtirok etmaganlarning kutganlaridan ham ortib ketdi.

Gap London fond birjasi orqali joylashtirishda ishtirok etgan institutsional investorlar haqida ham, Oʻzbekistondagi koʻplab chakana investorlar haqida ham bormoqda.

Hozirda bizda deyarli 10 ming aktsiyador bor. Bu bizga katta masʼuliyat yuklaydi: fond investorlar uchun ijobiy daromadlilikni taʼminlashda davom etishi kerak.

— NAV oʻsishining salmoqli qismi portfel kompaniyalarimiz faoliyatining umumiy natijalari bilan bogʻliq.

Biz energetika sektorida, transport va infratuzilma tarmoqlarida oʻsishni koʻrayapmiz. Bank va sugʻurta sektorlari, shuningdek, tovar-xomashyo birjasi yaxshi natijalarni koʻrsatmoqda.

Menimcha, kompaniyalarimiz juda yaxshi natijalarni koʻrsatishda davom etmoqda va bu 2025 yil oxiridan beri fond sof aktivlari qiymatining ijobiy dinamikasiga hissa qoʻshdi.

— Biz ushbu tashabbuslarni amalga oshirish ustida ishlamoqdamiz. Biz tomonimizdan taklif etilgan transformatsiya chora-tadbirlari Uzbekistan Airways rivojlanish strategiyasining bir qismidir.

Albatta, biz aviakompaniyaning yaqin bir necha yil ichidagi potentsial IPO’sigacha kolganicha koʻp tashabbuslarni amalga oshirishni xohlaymiz.

Albatta, geosiyosiy voqealar sababli global aviatsiya tarmogʻi yoqilgʻi narxining oshishiga duch keldi. Biroq, Uzbekistan Airways xarajatlar tuzilmasi nuqtai nazaridan katta ustunlikka ega. Shu sababli, xarajatlar oʻsishining kompaniyaga taʼsiri ayrim mintaqaviy va global raqobatchilarga qaraganda kamroq boʻldi. Ammo biz yil yakunlari boʻyicha moliyaviy natijalarni hali koʻrishimiz kerak.

Biz yoqilgʻiga qilingan qoʻshimcha xarajatlarning bir qismini samaradorlikni oshirish va biz taklif etgan tashabbuslarni amalga oshirish orqali qoplash mumkinligiga umid qilmoqdamiz.

Biz Uzbekistan Airways rahbariyati bilan doimiy ravishda ishlamoqdamiz va ushbu 120 dan ortiq tashabbuslarning bajarilishini kuzatib bormoqdamiz.

Biroq, biz hali juda erta bosqichdamiz. Oldinda hali juda koʻp ish bor.

— Avvalambor, hozirda jahon bozoridagi vaziyat aviakompaniyalar uchun ancha murakkab.

Shu bilan birga, Uzbekistan Airways tashishga boʻlgan talabning ortishi fonida oʻzining xarajatlar tuzilmasi va biznes oʻsishi bilan ajralib turadi.

Ammo kompaniyaning maksimal bahosiga erishish va qoʻyilgan maqsadlarga erishish uchun biz IPO uchun munosib vaqtni tanlashimiz kerak.

Bundan tashqari, transformatsiya tashabbuslarining taʼsiri aviakompaniyaning moliyaviy natijalarida aks etishi uchun vaqt berish kerak.

Potentsial IPO’lar portfelimizga kelsak, biz prezident farmonida nazarda tutilgan va portfel kompaniyalarimizga tegishli boʻlgan barcha bitimlarni tayyorlashga eʼtibor qaratganmiz.

Biz 2027 yilda portfelimizdagi kompaniyalarning dastlabki ikkita IPO’si boʻlib oʻtishini kutmoqdamiz. Eng istiqbolli nomzodlardan biri «Oʻzbektelekom»dir.

— Biz ikkala kompaniyada ham korporativ boshqaruvni mustahkamladik.

Hukumat koʻmagida SQB va «Oʻzbektelekom» kuzatuv kengashlariga mustaqil direktorlar kiritildi.

Ikkala kompaniya ham tushumning oʻsishini va foyda koʻrsatkichlarining yaxshilanishini namoyish etdi. Aynan shuning uchun biz ularni IPO uchun juda jozibador nomzodlar deb hisoblaymiz.

Transformatsiya ishlari davom etmoqda. Yaqin 12 oy ichida hali qilinishi kerak boʻlgan ishlar koʻp, ammo bu oʻzgarishlar kapital bozoridagi boʻlajak bitimlar uchun katta ahamiyatga ega boʻlishiga ishonchimiz komil.

— Shart emas.

Men «Oʻzbektelekom»ni portfelimizdagi IPO oʻtkazishi mumkin boʻlgan potentsial birinchi kompaniya sifatida tilga oldim.

Biroq, parallel ravishda biz prezident farmonida aytib oʻtilgan boshqa bir nechta portfel kompaniyalari boʻyicha bitimlarni tayyorlaymiz.

Ushbu joylashtirishlar aynan qachon boʻlib oʻtishi koʻp jihatdan kompaniyalarni transformatsiya qilish natijalariga va oʻsha vaqtdagi bozor sharoitlariga bogʻliq boʻladi.

— Biz barcha davlat kompaniyalari rahbariyati va kuzatuv kengashlari bilan hamkorlik darajasini yuqori baholaymiz.

Biz «Temiryoʻlinfratuzilma» — temir yoʻl xoldingining boʻlinishi natijasida tashkil etilgan va temir yoʻl infratuzilmasiga egalik qiluvchi kompaniyaga alohida eʼtibor qaratmoqdamiz. Bu juda qimmatli aktiv.

Agar dunyoda sodir boʻlayotgan voqealarga — transport aloqalarining rivojlanishi, yangi va muqobil yoʻnalishlarning paydo boʻlishiga qarasangiz, Oʻzbekiston Oʻrta koridorning bir qismi sifatida alohida oʻrin tutadi.

Oʻzbekiston — dengizga chiqish imkoni boʻlmagan va dengizga toʻgʻridan-toʻgʻri chiqish imkoni boʻlmagan davlatlar bilan oʻralgan mamlakat. Shu sababli, biz temir yoʻl infratuzilmasi sohasidagi aktivimiz juda muhim mintaqaviy oʻyinchiga aylanishi mumkin deb hisoblaymiz.

Ammo kompaniya nisbatan yangi boʻlgani va xoldingning boʻlinishi natijasida paydo boʻlgani uchun yana koʻp qadamlarni tashlash kerak. Xususan, temir yoʻl infratuzilmasini tegishli tarif bilan tartibga solishni taʼminlash muhimdir.

Kompaniyaga yangi moliyaviy direktor tayinlandi. Biz yanada katta shaffoflik va yanada samarali moliyaviy hisobotlarni kutmoqdamiz. Bu sizga va boshqa hammaga kompaniyaning moliyaviy koʻrsatkichlari haqida batafsilroq maʼlumot olish imkonini beradi.

U juda qimmatli kompaniyaga aylanishi va OʻzNIF sof aktivlari qiymatining oʻsishiga salmoqli hissa qoʻshishi mumkinligiga ishonchimiz komil.

Xar bir aktivning faoliyatini yaxshilash va qiymatini oshirish uchun kompaniyalar rahbariyati, kuzatuv kengashlari, Iqtisodiyot va moliya vazirligi hamda Prezident adminstratsiyasi bilan yaqindan hamkorlik qilmoqdamiz.

— Birinchi navbatda, kompaniyaning oʻsishi, uning biznes dinamikasi va transformatsiya boʻyicha tavsiyalarimizning bir qismi amalga oshirilganini hisobga olib, «Oʻzbektelekom»ni ajratib koʻrsatgan boʻlardim.

Men «Oʻzbektelekom» yaqin 12 oy ichida moliyaviy natijalarni sezilarli darajada yaxshilash uchun juda yaxshi imkoniyatlarga ega deb hisoblayman.

Tarixan zarar bilan ishlagan energetika aktivlari haqida gapiradigan boʻlsak, bu vaziyatni oʻzgartirish uchun hukumat bilan faol muloqotda boʻlib turibmiz. Xususan, gap «Hududiy elektr tarmoqlari», «Oʻzbekiston milliy elektr tarmoqlari», «Hududgaztaʼminot», «Oʻzbekgidroenergo» va «Issiqlik elektr stantsiyalari» haqida bormoqda. Ushbu kompaniyalar fond portfelida katta ulushni egallaydi.

Tovar-xomashyo birjasi ham yaxshi natijalarni koʻrsatdi.

Ammo kompaniyalar bizning fikrimizcha, boʻlishi kerak boʻlgan darajaga yetguniga qadar oldinda hali koʻp ish bor.

— Avgust oyidan beri Oʻzbekiston energetika sektorini tartibga solishning shaffofroq va oldindan prognoz qilinadigan tizimini yaratish ustida ishlashni davom ettirdi, shu jumladan RAB-tartibga solishni joriy etish boʻyicha keyingi qadamlarni tashladi.

Hozir eng muhimi — ushbu mexanizmlarni izchil joriy etishdir.

Investorlarga asoslangan va samarali investitsiyalarni hisobga olish, energiya taʼminoti ishonchliligi va operatsion samaradorlikni oshirishni ragʻbatlantirish, shuningdek, uzoq muddatli moliyalashtirish uchun sharoitlarning yetarlicha oldindan koʻra bilinishini taʼminlaydigan aniq qoidalar kerak.

OʻzNIF tarif siyosatini belgilamaydi. Bizning vazifamiz — isteʼmolchilar uchun xizmatlarning hamyonbopligini va kengroq jamoatchilik manfaatlarini hisobga olgan holda, modernizatsiyaga investitsiya kirita oladigan, samarali korporativ boshqaruv va barqaror moliyaviy holatga ega portfel kompaniyalarini rivojlantirishga koʻmaklashishdir.

— Belgilangan maqsadli koʻrsatkichlarga koʻra, mamlakatda elektr energiyasi ishlab chiqarish 2026 yilda taxminan 90 mlrd kVt·soatga yetishi va 2030 yilga kelib yiliga 129 mlrd kVt·soatdan oshishi kerak.

Energetika sektoridagi barcha kompaniyalarimizga isteʼmolchilarni ishonchli energiya bilan taʼminlash uchun investitsiyalar talab qilinadi. Biz kapital loyihalar zarur ustuvorlikka ega boʻlishiga va toʻliq moliyalashtirish bilan taʼminlanishiga eʼtibor qaratamiz.

Investitsiyalarga boʻlgan ehtiyoj juda katta, ammo ular OʻzNIF portfelidagi energetika kompaniyalari oʻrtasida sezilarli darajada farq qiladi. Ularni har bir korxonaning uzoq muddatli biznes-rejalari va investitsiya dasturlari asosida baholash kerak.

Agar investorlar tartibga solish tizimiga, korporativ boshqaruv sifatiga va kompaniyalarning moliyaviy barqarorligiga ishonch hosil qilsalar, xususiy kapital ushbu ehtiyojlarni qondirishda yanada kattaroq rol oʻynashi mumkin deb hisoblaymiz.

Tariflar — bu tizimning tarkibiy qismlaridan biri, ammo yagonasi emas. Operatsion samaradorlikni oshirish, tarmoqlardagi yoʻqotishlarni kamaytirish, kapitalni taqsimlashda intizomli yondashuv va uzoq muddatli moliyalashtirishga ega boʻlish ham juda muhimdir.

OʻzNIF nuqtai nazaridan, maqsadimiz — portfel kompaniyalariga investitsiyalarni jalb qilish, infratuzilmani modernizatsiya qilish va energiya taʼminoti ishonchliligini oshirishda yordam berish, shu bilan birga isteʼmolchilar uchun tariflarning hamyonbopligi muhimligini hisobga olishdir.

— Tovar-xomashyo birjasidan tashqari, fondning oʻzi va barcha portfel kompaniyalarimizning majoritar aktsiyadori davlat hisoblanadi. Biz buni imkoniyat sifatida koʻramiz, chunki manfaatlarimiz juda mos tushadi.

Hukumatning maqsadi ham barcha portfel kompaniyalarimizning ahvolini yaxshilash, samaradorligi va daromadliligini oshirishdan iborat.

Shu sababli, biz transformatsiya maqsadlariga erishish uchun Iqtisodiyot va moliya vazirligi va Prezident maʼmuriyati bilan juda yaqindan ishlaymiz.

— Bizda portfel kompaniyalari «katta toʻrtlik» kompaniyalaridan biri tomonidan mustaqil baholanadi. Bunday yondashuv fond faoliyatining boshlanishidanoq qoʻllanilib kelinmoqda.

Biz har oyda sof aktivlar qiymatini (NAV) eʼlon qilamiz, shuning uchun investorlar har bir alohida kompaniya bahosidagi har qanday oʻzgarishlarni koʻrish uchun yetarli maʼlumot va shaffoflikka ega.

Aynan shuning uchun koʻproq portfel kompaniyalarining birjaga chiqishi juda muhim: bu portfel ichidagi aktivlar likvidligini oshiradi.

Agar yaqin uch yilda IPO oʻtkazilishi rejalashtirilgan oltita kompaniyaga qaraydigan boʻlsak, bu fond tuzilmasining sezilarli darajada oʻzgarishiga olib keladi. Biz noommaviy kompaniyalar ustunlik qiladigan portfeldan asosan birja aktivlaridan iborat portfelga oʻtamiz.

— Raqamlarga qaraydigan boʻlsak, investorlar uchun oʻtkazilgan tadbirlarimizda 250 dan ortiq kishi ishtirok etdi.

Bu oʻtgan yilning oktyabr oyidagiga qaraganda taxminan 50−60% ga koʻpdir. Shu bilan birga, bu yilgi ishtirokchilarning 60% dan ortigʻi Oʻzbekiston bilan birinchi marta tanishmoqda.

Biz butun dunyodan investorlar Toshkentga kelishlarini, aktivlarimizni, mamlakatda sodir boʻlayotgan oʻzgarishlarni va soʻnggi yillardagi islohotlar natijalarini oʻz koʻzlari bilan koʻrishlarini xohlaymiz.

Shuningdek, ular yaqin bir necha yil ichida hokimiyat nimaga eʼtibor qaratmoqchi ekanligini bevosita hukumat vakillaridan bilishlari muhimdir.

Menimcha, kecha yangragan barcha bayonotlar investorlar tomonidan juda ijobiy qabul qilindi. Ular Oʻzbekistonda yanada faolroq ishlashdan manfaatdor.

Tadbirlarimizda ishtirok etgan investorlar koʻlamiga qaraydigan boʻlsak, Toshkentda 2 trln dollardan ortiq aktivlar namoyish etildi.

Kecha va bugun investorlar hamda OʻzNIF va portfel kompaniyalari rahbariyati oʻrtasida qoʻshimcha yakkama-yakka uchrashuvlar boʻlib oʻtmoqda.

Biz bunday tadbirlarni oʻtkazishni davom ettirishni va kompaniyalarimizni, fondni va oxir-oqibat Oʻzbekistonning oʻzini targʻib qilishni rejalashtirmoqdamiz. Ilgari biz London va Nyu-Yorkda ham tadbirlar oʻtkazgan edik.

Fond IPO’siga koʻplab institutsional investorlarni jalb qilishga muvaffaq boʻlgan boʻlsak-da — joylashtirishda 160 dan ortiq investor ishtirok etdi — ularning soni sezilarli darajada oshishi mumkin deb hisoblaymiz.

Menimcha, Oʻzbekistonga kelgan investorlar endi OʻzNIF va unga kiruvchi kompaniyalarning investitsiyaviy jozibadorligini ancha yaxshi tushunishadi.

— Oldinda mamlakatga strategik investorlarni olib keladigan yirik bitimlar boʻlib oʻtishi mumkin.

Iqtisodiyotda sodir boʻlayotgan fundamental jarayonlarni hisobga olish kerak. U jadal surʼatlar bilan oʻsib bormoqda, islohotlar ijobiy samara bermoqda va hukumat iqtisodiyotning turli sektorlari ochiqligini oshirish boʻyicha aniq kursga ega.

Xalqaro investorlar sodir boʻlayotgan voqealarni diqqat bilan kuzatib borayotganiga ishonchim komil. Men aktsiyadorlik yoki qarz kapitali bozorlaridagi investorlar haqida emas, balki aynan strategik investorlar haqida gapirayapman.

— Fondni boshqarishni boshlaganimizdan beri soʻnggi bir yarim yil ichida oʻtkazilgan xususiylashtirish bitimlariga qarab xulosa qiladigan boʻlsam, jarayon juda shaffof boʻldi.

Davlat strategik aktsiyalar paketini sotishda investordan aktivni yanada rivojlantirish uchun qoʻshimcha kapital qoʻyilmalarni talab qilishi mutlaqo normal holatdir.

Biz Ruminiya va dunyoning boshqa mamlakatlarida shunga oʻxshash amaliyotni koʻrganmiz. Bundan tashqari, xususiylashtirishdan soʻng investitsiya majburiyatlarining bajarilishi nazorat qilinadi.

Odatda, yirik aktivlar holatida hukumat xaridorning dastlabki majburiyatlari amalda qanday bajarilayotganini bir necha yil davomida tekshiradi.

Shu sababli, Oʻzbekistonda xususiylashtirishga qoʻllanilayotgan yondashuv keng tarqalgan xalqaro amaliyotga toʻliq mos keladi deb hisoblayman.

— Dividend daromadliligiga kelsak, men hozircha aniq raqamlarni aytmayman, chunki biz tegishli prognozni eʼlon qilmaganmiz.

Ammo muddatlar boʻyicha aytishim mumkinki, birinchi dividendlar 2028 yilning birinchi yarmida toʻlanadi.

Ular fond tomonidan 2027 yil davomida portfel kompaniyalarining 2026 yildagi moliyaviy faoliyati yakunlari boʻyicha olinadigan dividendlarga asoslanadi.

Shunday qilib, joriy yil juda muhim, chunki aynan uning natijalari fondning dividend tushumlarining minimal darajasini belgilaydi.

Ushbu natijalar asosida portfel kompaniyalari 2027 yilning birinchi yarmida dividendlarni toʻlash boʻyicha tavsiyalar tayyorlaydi.

Soʻngra fond ushbu mablagʻlarni oladi. 2027 yil uchun auditdan oʻtgan moliyaviy hisobotimiz asosida kuzatuv kengashi foydani taqsimlash boʻyicha tavsiya tayyorlashi, aktsiyadorlarning roziligini olishi va 2028 yilning birinchi yarmida toʻlovni amalga oshirishi mumkin boʻladi.

Ushbu turdagi fondlar uchun odatda portfel kompaniyalarining moliyaviy yili tugashi va fond aktsiyadorlarining bank hisob raqamlariga dividendlarning amalda tushishi oʻrtasida taxminan 18 oylik vaqt oraligʻi mavjud.

Shu bilan birga, IPO paytida taʼkidlaganimizdek, OʻzNIF’ning investitsiyaviy jozibadorligi birinchi navbatda fond sof aktivlari qiymatining potentsial oʻsishi bilan bogʻliq.

Kelajakda investorlar dividend daromadi va dividend daromadliligiga koʻproq eʼtibor berishadi.

— Biz hamisha har bir portfel kompaniyasining oʻsish imkoniyatlari va dividendlarni toʻlash oʻrtasida muvozanatni topishimiz kerak.

Agar kompaniya yillik foydani saqlab qolsa va uni qayta investitsiya qilsa, biz ushbu investitsiyalar mablagʻlarni dividend shaklida taqsimlashga nisbatan qanday potentsial daromad keltirishi mumkinligini baholashimiz kerak.

SQB holatida biz bankning oʻsishini va foydani qayta investitsiya qilishini davom ettirishiga imkon berish uchun 2026 yilda toʻlanishi kerak boʻlgan 2025 yil uchun dividendlar boʻyicha istisno qilishga rozi boʻldik.

Ammo biz bunday qarorlarni individual ravishda, har bir aniq holatda koʻrib chiqamiz.

Umuman olganda, biz 50% darajasidagi dividend toʻlovlari koeffitsiyenti mablagʻlarni qayta investitsiya qilish va foydaning bir qismini fond aktsiyadorlari oʻrtasida taqsimlash zarurati oʻrtasida toʻgʻri balansni taʼminlaydi deb hisoblaymiz.

— Menimcha, hukumat fond portfeliga kiruvchi davlat kompaniyalarida korporativ boshqaruvni transformatsiya qilish boʻyicha allaqachon juda yaxshi ishlarni amalga oshirdi.

Bu uning mamlakatga xorijiy institutsional investorlarni jalb qilish boʻyicha intilishining kuchli signali boʻldi.

Hozir eng muhimi — islohotlarni, jumladan iqtisodiyotning turli sektorlarida tartibga solishdagi oʻzgarishlarni davom ettirish va tezlashtirishdir. Agar bu islohotlar oʻz vaqtida amalga oshirilsa, OʻzNIF va uning portfel kompaniyalari qiymati sezilarli darajada oshadi.

— Eng muhim koʻrsatkich — sof aktivlar qiymatining (NAV) oʻsishi.

— Albatta, bor. Bizda har bir alohida kompaniya uchun, shuningdek, fondning umumiy sof aktivlari qiymati uchun ichki maqsadlar belgilangan.

Ammo oshkora ravishda men hozircha ularga izoh bera olmayman.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.