Iqtisodiyot

Investorlarni nima jalb qiladi, Franklin Templeton qancha haq oladi? – FT bosh direktori bilan suhbat

Oʻzbekiston davlat kompaniyalari aksiyalarini xalqaro investorlarga taklif qilmoqda. “Bitimimiz investorlar orasida katta qiziqish uygʻotdi. Bizda jami qariyb 2,9 milliard dollar miqdorida aksiyalarni sotib olish boʻyicha talab shakllandi”, – dedi Kun.uz bilan suhbatlashgan Franklin Templeton bosh direktori Marius Dan.

Investorlarni nima jalb qiladi, Franklin Templeton qancha haq oladi? – FT bosh direktori bilan suhbat

Oʻzbekiston davlat kompaniyalari aksiyalarini xalqaro investorlarga taklif qilmoqda. Bu jarayonda ularning qiymatini oshirish, investorlar ishonchini mustahkamlash va davlat aktivlarini kapital bozoriga olib chiqish Franklin Templeton zimmasidagi asosiy yoʻnalishlardan biri hisoblanadi.

17-sentabr kuni Toshkentda Oʻzbekiston Respublikasi Milliy investitsiya jamgʻarmasi (UzNIF) aksiyadorlarining navbatdan tashqari umumiy yigʻilishiga bagʻishlangan matbuot anjumani oʻtkazildi. Unda UzNIFning IPOdan keyingi natijalari, Jamgʻarma faoliyati hamda Oʻzbekiston kapital bozorining rivojlanish istiqbollari muhokama qilindi.

– UzNIF davlat aktivlarini boshqarish bilan birga xususiy investorlar oldidagi majburiyatlarga ham ega. Portfel kompaniyalaridan olinadigan yuqori dividendlar davlat byudjetiga foyda keltirishi mumkin, kompaniyalarda kapitalni saqlab qolish esa ularning oʻsishiga xizmat qiladi. UzNIF bu ikki manfaat oʻrtasidagi maqbul muvozanatni qanday belgilaydi?

– Hozirgi bosqichda UzNIF uchun amal qilayotgan siyosat va tartiblarga muvofiq, portfel kompaniyalari foydaning kamida 50 foizini dividend sifatida toʻlashi kerak. Bu, aslida, siz aytgan ikki jihat — kompaniyalarning qayta investitsiya qilishi zarurati va shu bilan birga UzNIF hamda portfel kompaniyalaridagi aksiyadorlarning oʻz investitsiyalaridan daromad olishi — oʻrtasidagi muvozanatni ifodalaydi.

Albatta, biz har bir kompaniya bilan alohida ishlashga doimo tayyormiz. Yuqorida aytganingizdek, agar kompaniyaning yirik investitsiya rejasi boʻlsa yoki muayyan qiyinchiliklarga duch kelsa, biz oʻsha kompaniya rahbariyati va kuzatuv kengashi bilan birgalikda dividend toʻlovlarining maqbul darajasini belgilaymiz — bu koʻrsatkich pastroq ham, yuqoriroq ham boʻlishi mumkin.

Ammo, menimcha, muhim jihat shundaki, fondning IPOsida ishtirok etgan investorlar dastlab dividend masalasiga asosiy eʼtibor qaratmagan. Bu masala keyingi ikki-uch yil ichida dolzarb boʻladi. Investorlarni, avvalo, bir tomondan Oʻzbekiston, ikkinchi tomondan esa fond portfelidagi kompaniyalar va ular faoliyat yuritayotgan tarmoqlar qiziqtirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.