Sport

UZMAMF eSports GT3 Championship ikkinchi bosqichi shohsupasini Oʻzbekiston poygachilari egallashdi

UZMAMF eSports GT3 Championship ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi 2026 yil 4 oktyabr kuni Oʻzbekiston Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi (UZMAMF) tomonidan SimAcademy bilan hamkorlikda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi koʻmagida tashkil etilgan UZMAMF eSports GT3 Championship ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Musobaqalar maydoncha va Simagic uskunalari bilan jihozlangan poyga simulyatorlarini taqdim etgan SimAcademy bazasida oʻtkazildi. Bosqichda saralab olingan 18 nafar […]

UZMAMF eSports GT3 Championship ikkinchi bosqichi shohsupasini Oʻzbekiston poygachilari egallashdi

2026 yil 4 oktyabr kuni Oʻzbekiston Milliy avtomobil va mototsikl federatsiyasi (UZMAMF) tomonidan SimAcademy bilan hamkorlikda hamda Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligi koʻmagida tashkil etilgan UZMAMF eSports GT3 Championship ikkinchi bosqichi boʻlib oʻtdi.

Musobaqalar maydoncha va Simagic uskunalariga ega poyga simulyatorlarini taqdim etgan SimAcademy bazasida boʻlib oʻtdi. Bosqichda saralab olingan 18 nafar ishtirokchi qatnashdi. Poygalar Silverstoun virtual trassasida BMW M4 GT3 avtomobillarida oʻtkazildi.

Bosqich dasturidan har biri 20 daqiqa davom etgan ikkita yarim final (predfinal), ikkita 15 daqiqalik sprint poygasi va ikki baravar ochko beriladigan 30 daqiqalik asosiy poyga oʻrin oldi.

1-sonli Yarim finalda Nikolay Girda gʻalaba qozondi. Ikkinchi oʻrinni Toshkenboy Abdullayev, uchinchi oʻrinni esa Sanjar Oʻlmasboyev egalladi. 2-sonli Yarim final gʻolibi Rustam Xabirov boʻldi. Nikolay Girda va Rustam Xabirov, shuningdek, kvalifikatsiyada eng yaxshi natijalarni koʻrsatishdi va oʻz yarim finallarida eng tezkor aylanishni amalga oshirishdi.

Bosqichning sprint qismida Nikolay Girda har ikki kvalifikatsiyada eng yaxshi natijalarni koʻrsatib va har bir poygada eng tezkor aylanishlarni qayd etib, ikkala poygada ham gʻolib chiqdi. Birinchi sprintda Rustam Xabirov ikkinchi, Abduboriy Sultonov esa uchinchi boʻlib marraga yetib keldi. Ikkinchi sprintda ikkinchi oʻrinni Toshkenboy Abdullayev egalladi, sovrindorlar uchligini esa Rustam Xabirov yakunlab berdi.

Asosiy poyga 50 ochko jamgʻargan Toshkenboy Abdullayevning gʻalabasi bilan yakunlandi. Nikolay Girda ikkinchi boʻlib marraga keldi va 40 ochkoga ega boʻldi, Rustam Xabirov uchinchi oʻrinni egallab, oʻz hisobiga 30 ochko qoʻshib qoʻydi. Asosiy poyganing kvalifikatsiyasidagi eng yaxshi natija va eng tezkor aylanish Nikolay Girdaga nasib etdi.

UZMAMF eSports GT3 Championship ikkinchi bosqichining barcha poygalari yakunlariga koʻra, oʻrinlar quyidagicha taqsimlandi: birinchi oʻrinni Nikolay Girda egalladi. Ikkinchi oʻrinni Toshkenboy Abdullayev band etdi, Rustam Xabirov esa uchinchi boʻldi.

Ikkinchi bosqichdan soʻng UZMAMF eSports GT3 Championship umumiy hisobida 202 ochko jamgʻargan Nikolay Girda peshqadamlik qilmoqda. Ikkinchi oʻrinni 145 ochko bilan Toshkenboy Abdullayev, uchinchi oʻrinni esa 111 ochko bilan Rustam Xabirov egallab turibdi.

UZMAMF musobaqani oʻtkazishda koʻrsatgan koʻmagi uchun Oʻzbekiston Respublikasi Sport vazirligiga hamda maydoncha va texnik uskunalar taqdim etgani uchun SimAcademy kompaniyasiga minnatdorchilik bildiradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.