Sport

Aichi-Nagoya-2026. O‘zbekiston Vetnamni mag‘lubiyatga uchratib pley-offga chiqdi

Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichidagi barcha 3 ta o‘yinni o‘z foydalariga hal etishdi

Aichi-Nagoya-2026. O‘zbekiston Vetnamni mag‘lub etib pley-offga yo‘l oldi

Yaponiyada bo‘lib o‘tayotgan Osiyo o‘yinlarida 23 yoshgacha bo‘lgan futbolchilarimiz g‘alabali seriyasini davom ettirmoqda.

Guruh bosqichining 3-turida O‘zbekiston U-23 va Vetnam U-23 terma jamoalari o‘zaro bahs olib bordi. Ushbu uchrashuvda vakillarimiz 2:0 hisobida zafar quchishdi. Gollarga Muhammadali O‘rinboyev va Nurlan Ibraimov mualliflik qildi.

Ravshan Haydarov shogirdlari guruh bosqichidagi barcha 3 ta o‘yinda ham g‘alaba qozonishdi. Endi oldinda pley-off va yanada kuchli raqiblar turibdi — futbolchilarimizga omad tilaymiz.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.