Iqtisodiyot

UZCARD Omad Mavsumi 2.0 birinchi bosqichining g‘oliblari va birinchi elektromobil sohibi aniqlandi

Besh nafar foydalanuvchi UZCARD Omad Mavsumi 2.0 aksiyasining birinchi bosqichi g‘olibi bo‘ldi va ikkita iPhone 17 Pro, 25 mln so‘mdan iborat ikkita pul mukofoti hamda BYD Yuan Up elektromobilini qo‘lga kiritdi.

UZCARD Omad Mavsumi 2.0 birinchi bosqichi g‘oliblari va birinchi elektromobil egasi ma’lum bo‘ldi

4-oktabr kuni soat 19:30 da MY5 telekanali efirida UZCARD Omad Mavsumi 2.0 aksiyasining birinchi bosqichi bo‘yicha yutuqli o‘yin o‘tkazildi. O‘yin yakunlariga ko‘ra, besh nafar g‘olib aniqlandi, ulardan biri bosh sovrin — BYD Yuan Up elektromobilini yutib oldi.

O‘yin davomida ishtirokchilar ikkita iPhone 17 Pro, 25 mln so‘mdan iborat ikkita pul mukofoti hamda bosh sovrin — BYD Yuan Up elektromobiliga ega bo‘ldi.

Sentabr oxiriga kelib quyidagi sovrinlar o‘ynaldi:

Aksiyada qatnashish uchun foydalanuvchilar UZCARD kartalari orqali 100 ming so‘mdan boshlab operatsiyalarni amalga oshirib, g‘olib bo‘lish imkoniyatiga ega bo‘ldi:

Qoidaga muvofiq, ishtirokchi aksiya shartlariga mos ravishda qancha ko‘p operatsiya bajarsa, yutuqli o‘yinda qatnashish uchun shuncha ko‘p imkoniyat to‘playdi.

Aksiyaning birinchi bosqichi yakunlandi, biroq Omad Mavsumi 2.0 davom etmoqda. Oldinda yangi bosqichlar, yangi yutuqli o‘yinlar va yangi g‘oliblar bor.

UZCARD kartalari orqali 100 ming so‘mdan boshlab onlayn to‘lovlar, kartadan kartaga o‘tkazmalar va Tez QR orqali to‘lovlarni amalga oshirish, imkoniyatlarni yig‘ib borish hamda keyingi yutuqli o‘yinlarda ishtirok etish mumkin.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.