Iqtisodiyot

“Omad mavsumi 2.0”: UZCARD aksiyaning ilk g‘oliblarini aniqladi

UZCARD 'Omad mavsumi 2.0' aksiyasining ilk oraliq sovrinlar o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda 2 ta iPhone 17 Pro, 25 mln so‘mdan 2 ta pul mukofoti va maishiy texnika to‘plami o‘z egalarini topdi.

“Omad mavsumi 2.0”: UZCARD aksiyaning dastlabki g‘oliblarini aniqladi

20-sentabr kuni UZCARD’ning “Omad mavsumi 2.0” aksiyasi doirasida birinchi oraliq sovrinlar o‘yini bo‘lib o‘tdi. Unda foydalanuvchilar tomonidan 2026-yil 4-sentabrdan 15-sentabrgacha to‘plangan imkoniyatlar qatnashdi. Sovrinlar o‘yini MY5 telekanalida o‘tkazildi va kanal efirida namoyish etildi. Efir yozuvini UZCARD’ning YouTube’dagi rasmiy kanalida ko‘rish mumkin.

Birinchi bosqich yakuniga ko‘ra, beshta sovrin o‘ynaldi:

“Omad mavsumi 2.0” aksiyasi 4-sentabr kuni start oldi va 2026-yil 30-noyabrgacha davom etadi. Aksiya ishtirokchilari UZCARD kartalari orqali 100 ming so‘mdan boshlab amalga oshirilgan onlayn operatsiyalar uchun imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Onlayn to‘lov uchun 1 ta imkoniyat, kartadan kartaga pul o‘tkazmasi uchun 2 ta imkoniyat, Tez QR orqali to‘lov uchun esa 3 ta imkoniyat beriladi.

To‘plangan imkoniyatlar har ikki haftada o‘tkaziladigan oraliq sovrinlar o‘yinlarida ishtirok etadi. Ishtirokchilar o‘z ID kodlarini CardXabarBot botining Promo bo‘limida tekshirishlari mumkin.

Birinchi sovrinlar o‘yini yakunlandi, biroq aksiya davom etmoqda. 30-sentabr kuni yakunlanadigan birinchi bosqich oxirida ishtirokchilarni quyidagi sovrinlar kutmoqda:

“Omad mavsumi 2.0” doirasida UZCARD jami 3 ta BYD Yuan Up elektromobili, 12 ta iPhone 17 Pro, 25 mln so‘mdan 12 ta pul mukofoti va 3 ta maishiy texnika to‘plamini o‘ynaydi.

Imkoniyatlar sonini oshirish uchun aksiya davomida UZCARD kartasi orqali tegishli onlayn operatsiyalarni amalga oshirishda davom etish kifoya. Operatsiyalar qancha ko‘p bo‘lsa, keyingi sovrinlar o‘yinlarida ishtirok etish uchun imkoniyatlar ham shuncha ko‘p bo‘ladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.