Uzbekenergotamir “Yangi avlod” podstansiyasi qurilishini yakunladi
Toshkentda 'Yangi avlod' maxsus sanoat zonasi uchun 110 kV kuchlanishli yangi podstansiya qurilishi yakunlandi. Sanoat zonasini energiya bilan ta’minlash bo‘yicha qurilish-montaj ishlari majmuasi Uzbekenergotamir kompaniyasi mutaxassislari tomonidan amalga oshirildi.

**"Uzbekenergotamir" "Yangi avlod" podstansiyasini qurib bitkazdi**
Toshkent shahrining Yangihayot tumanida joylashgan maxsus sanoat zonasini elektr energiyasi bilan ta'minlash maqsadida bunyod etilgan 110 kV kuchlanishli yangi "Yangi avlod" podstansiyasi ishga tushirildi.
Mazkur loyiha doirasida har biri 80 ming kVA quvvatga ega ikkita kuch transformatori o'rnatildi, 35-110 kV kuchlanishli uskunalar montaj qilindi hamda zarur muhandislik infratuzilmasi barpo etildi.
"Uzbekenergotamir" tomonidan O'zbekiston mustaqilligining 35 yilligi arafasida amalga oshirilgan ushbu loyiha Toshkent sanoat infratuzilmasining kelajakdagi rivoji uchun mustahkam energetik poydevor yaratishga xizmat qiladi.

