Mahalliy

Chorvoqda yangi shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi

Chorvoqda yangi shamol elektr stansiyasi ishga tushirildi

Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida 20 MVt quvvatga ega bo‘lgan shamol elektr stansiyasi faoliyatini boshladi. Bu haqda Energetika vazirligi matbuot xizmati ma’lum qildi.

Stansiyaning ochilish marosimi 20-avgust kuni bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Xitoyning O‘zbekistondagi elchisi Yu Jun, shuningdek, viloyat va tuman hokimliklari, Savdo-sanoat palatasi, O‘zbekgidroenergo, energetika va qurilish korxonalari vakillari ishtirok etishdi.

Loyihani amalga oshirish uchun Xitoy tomonidan 28 million AQSH dollari miqdorida beg‘araz grant ajratildi. Ushbu mablag‘ doirasida har biri 5 MVt quvvatga ega bo‘lgan 4 ta zamonaviy shamol turbinasi o‘rnatildi.

Stansiyaning umumiy quvvati 20 MVt bo‘lib, u yiliga 50 mln kVt soatgacha ekologik toza elektr energiyasi ishlab chiqarish imkoniyatiga ega. Bu esa qariyb 20 mingta xonadonning elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga hamda mamlakat energetika tizimi barqarorligini mustahkamlashga xizmat qiladi. Shuningdek, stansiya faoliyati natijasida har yili yuz minglab kub metr tabiiy gaz tejaladi va atmosferaga chiqariladigan issiqxona gazlari hajmi sezilarli darajada kamayadi.

Ushbu shamol elektr stansiyasi qurilishi 2025-yil iyulida boshlangan edi. Buning uchun Toshkent viloyati hokimining qarori asosida 10 gektar yer ajratilgan edi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.