Dunyo

Uyli böliş uçun odamlar nimalardan voz keçyapti?

22 ta mamlakatni qamrab olgan tadqiqot iştirokçilarining 75 foizi uy-joy xarajatlarini qoplaş uçun boşqa birlamçi xarajatlarini qisqartirişga majbur bölayotganini aytişdi. Baʼzilar oziq-ovqatdan tejagan, boşqalar davolanişni yoki oila qurişni keçiktirgan yoki qöşimça işga kirib böş vaqtsiz qolgan.

Uyli bo‘lish uchun odamlar nimalardan voz kechyapti?

Uy sotib olish uchun odam qancha pul topishi kerak? Odatda bu savolga uy narxi, boshlang‘ich badal va ipoteka to‘lovini hisoblab keyin javob beriladi. Ammo boshqa savol ham bor: uyli bo‘lish uchun oila nimadan voz kechishga to‘g‘ri keladi?

Bolasining taʼlimidanmi, tibbiy ko‘rikdanmi, oziq-ovqatdanmi yoki biror kutilmagan holat uchun yig‘ib qo‘yilgan puldanmi? Uy sotib olish uchun balki oila qurishni kechiktirish, qo‘shimcha ishlash va yillar davomida o‘z ehtiyojlarini cheklashga ham to‘g‘ri kelar?

Habitat for Humanity xalqaro tashkilotining 2026-yil oktabrida eʼlon qilingan yangi tadqiqoti shu savollarni o‘rtaga qo‘ydi. O‘zbekiston bu so‘rovda qamrab olinmagan. Biroq mamlakatimizdagi uy-joy narxlari, aholi daromadlari va ipoteka to‘lovlari bo‘yicha raqamlar asosida bu masalani o‘rganish mumkin.

Uy olish – oziq-ovqat, salomatlik va kelajak evaziga

Aholining uy-joy masalalarini o‘rganadigan xalqaro nodavlat-notijorat Habitat for Humanity tashkiloti 2026-yil 10-apreldan 30-iyungacha 22 mamlakatda 30 758 kishi ishtirokida so‘rov o‘tkazdi.

Unda Argentina, Avstraliya, Braziliya, Kanada, Misr, Indoneziya, Irlandiya, Nepal, Janubiy Koreya, Turkiya, Buyuk Britaniya va AQSh kabi mamlakatlar qamrab olingan. Natijada so‘rovda qatnashganlarning 75 foizi so‘nggi bir yilda uy-joy xarajatlarini qoplash uchun kamida bitta boshqa xarajatini qisqartirishga majbur bo‘lgani aniqlangan.

Ularning 33 foizi oziq-ovqat uchun xarajatni kamaytirgan, 32 foizi jamg‘armasi yoki favqulodda vaziyatlar uchun saqlagan mablag‘ini ishlatgan, 13 foizi davolanishni kechiktirgan yoki davolanishdan voz kechgan. 31 foizi esa xarajatlarni qoplash uchun qo‘shimcha ishlashga majbur bo‘lgan, bu – bo‘sh vaqtidan va hordiqdan voz kechish demakdir.

Yana ikki raqam diqqatga sazovor: ishtirokchilarning 48 foizi kutilmagan bitta muammo ham ularni uyli bo‘lish imkoniyatiga tahdid solishi mumkinligini aytgan. 40 foizi esa xavfsizroq uy-joy qimmat bo‘lgani uchun muayyan xavflarga rozi bo‘lishini bildirgan.

Demak, uy-joyning haqiqiy qiymati faqat ijara yoki kredit to‘lovidan iborat emas. Agar shu to‘lov sabab oilada kasallikni davolash, farzandni o‘qitish yoki kutilmagan xarajatni qoplash uchun mablag‘ qolmasa, bu uy-joy xarajati masalasining ko‘lami kattaligini bildiradi.

Irlandiyada ovqatdan tejashadi, Nepalda davolanishni kechiktirishadi, Janubiy Koreyada oila qurishni kechiktirishadi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.