Dunyo

Uyingizda oʻtiring

Rossiya MDH mamlakatlari oʻrtasida mahkumlarni topshirish jarayonini optimallashtirishni talab qilmoqda

Uyingizda oʻtiring

Rossiya Adliya vaziri Konstantin Chuychenko MDH mamlakatlarida mahkumlarni jazoni oʻtash uchun vataniga topshirish tartib-taomillarini optimallashtirishga chaqirdi.

«Rossiya Adliya vazirligi mahkumlarni oʻzlari fuqarosi boʻlgan davlatlarga topshirish tartib-taomillarini optimallashtirish ustida tizimli ravishda ishlamoqda. Bizning umumiy maqsadimiz — idoralararo kelishish va topshirish jarayonini imkon qadar tezkor, aniq va ochiq qilishdir», — dedi vazir oʻtgan haftada Armaniston, Belarus, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Rossiya, Tojikiston va Oʻzbekiston vakillari ishtirokida oʻtkazilgan MDHga aʼzo davlatlar penitentsiar xizmatlari rahbarlari Kengashining XI yigʻilishi ochilishida videokonferentsaloqa orqali soʻzlagan nutqida.

Chuychenko MDHga aʼzo davlatlar bilan tegishli xalqaro shartnomalar imzolanganini taʼkidladi.

Adliya vazirligi rahbari, shuningdek, ozodlikdan mahrum etishga hukm qilinganlarni jazoni oʻtash uchun vataniga topshirish amaliyoti «muhim insonparvarlik ahamiyatiga ega ekanini, axloqan tuzatish taʼsirining yanada samarali boʻlishiga xizmat qilishini, uning qarindoshlari bilan ijtimoiy aloqalarini tiklash va mustahkamlashga hamda ozodlikka chiqqanidan keyin resotsializatsiyalashuviga yordam berishini» qayd etdi. Chuychenkoning soʻzlariga koʻra, bularning barchasi jazoning asosiy maqsadiga — yangi jinoyatlarning oldini olish va jamoat xavfsizligini taʼminlashga erishish imkonini beradi, deb xabar beradi TASS.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.