Dunyo

Uruşdagi eng uzoq otaşkesim. Oleşki aholisi «kill-zona»dan olib çiqildi

Gumanitar falokat yuzaga kelgan şahardan evakuatsiya qilinganlardan bir qismi Ukrainada qolişni tanladi, yana bir qismi Qrimga yöl oldi.

Uruşdagi eng uzoq otaşkesim. Oleşki aholisi «kill-zona»dan olib çiqildi

Ukraina va Rossiya hukumatlari frontdagi Oleşki şahridan odamlarni evakuatsiya qilişni yakunladi. Xerson oblastining RF qurolli kuçlari tomonidan işğol etilgan bu aholi yaşaş manzilida sönggi oylarda gumanitar vaziyat yanada oğirlaşgandi. Yuzlab kişilar elektr, oziq-ovqat va dori-darmon taʼminotidan uzilgan uşbu shahardan çiqib keta olmayotgandi. AQŞning birinçi xonimi Melaniya Tramp vositaçiligida uruşayotgan tomonlar tinç aholi evakuatsiyasi uçun 27-oktabrdan 1-noyabrgaça bölgan muddatda Oleşki atrofida öt oçişni töxtatiş rejimini joriy etişga kelişişdi. Şu kunlarda shaharga ikki mamlakatdan gumanitar missiya taşrif buyurdi, Ukraina delegatsiyasiga ombudsman Dmitro Lubinets, Rossiyanikiga – RFdagi inson huquqlari böyiça vakil Yana Lantratova boşçilik qildi. Otaşkesim doirasida 31-oktabr kuni 750 kişi shahardan olib çiqildi. Ularning bir qismi ixtiyoriy ravişda Ukrainaning Kiev nazoratida qolayotgan qismiga yöl oldi, yana bir qismi Rossiya tomonidan anneksiya qilingan Qrimga olib kelindi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.