Dunyo

Oleşkidagi otaşkesim. Bu haqda nimalar maʼlum?

Oleşki – Ukrainaning Rossiya tomonidan işğol qilingan şahri. U yerda gumanitar falokat yuzaga kelgan. Tomonlar hudud aholisini evakuatsiya qiliş uçun Melaniya Tramp iştirokida kelişuvga erişgan.

**Oleşkidagi otaşkesim. Bu haqda nimalar maʼlum?**

Ukrainaning Xerson oblasti Oleşki şahrida 27-oktabr kuni erta tongdan sukunat rejimi boshlandi. Bu boradagi kelishuvga AQŞning birinchi xonimi Melaniya Tramp yordamida erishilgan.

«Sluga naroda» partiyasining Ukraina Oliy radasidagi fraksiyasi rahbari va Ukraina muzokarachilari guruhi aʼzosi David Araxamiyaning maʼlumotiga ko‘ra, sukunat rejimi 1-noyabr kuni soat 22:59 ga qadar davom etishi kerak. Buni Rossiyadagi inson huquqlari bo‘yicha vakil Yana Lantratova ham tasdiqladi. Araxamiya Oleşkidagi sukunat rejimini «2022-yildan buyon eng katta deeskalatsiya» deb atagan.

Melaniya Tramp esa sukunat rejimi rejadagidan ikki kun oldinroq joriy etilgani va uning geografiyasi gumanitar konvoylarning xavfsiz o‘tishini taʼminlash uchun kengaytirilganini aytdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, buni Rossiya bosh shtabi boshlig‘i Valeriy Gerasimov ham tasdiqlagan.

27-oktabr kuni kechqurun Ukraina va Rossiya o‘t ochishni to‘xtatish rejimiga ikki tomon ham amal qilayotganini xabar qildi. Kremldagilar Oleşkidagi gumanitar operatsiya «reja bo‘yicha ketayotgani»ni qayd etdi.

Gumanitar operatsiyaning ko‘plab tafsilotlari aniq emas: qaysi yo‘llar minalardan tozalanishi, shahar aholisi qayerga va qanday olib chiqilishi, ularga to‘g‘ridan to‘g‘ri Ukrainaga ketishga ruxsat berilishi yoki Oleşkida qolishi, oilalarga bolalari bilan ketishga ruxsat berilishi nomaʼlum. Financial Times nashri maʼlumotiga ko‘ra, Ukrainaga ketishni istaganlar avval Rossiya nazorati ostidagi hududga olib o‘tiladi. Operatsiya bir necha bosqichda o‘tkazilishi maʼlum.

Ukrainaning Okkupatsiyani o‘rganish markazi rahbari Petro Andryuşçenkoning so‘zlariga ko‘ra, Oleşkidan evakuatsiya 30-oktabr kuni amalga oshirilishi mo‘ljallangan. Shaharni tark etishni istovchilar haqida shoshilinch tarzda maʼlumot to‘planmoqda. Evakuatsiya qanday amalga oshirilishi hozircha yopiq maʼlumot, deya qo‘shimcha qilgan u. Andryuşchenko aholi qanday olib chiqilishi – yo‘llar minalardan tozalanishiga bog‘liq bo‘lishini taxmin qilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, Kievdagi hukumat Ukrainaga ketmoqchi bo‘lgan aholi uchun Dnipro orqali – to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘z nazorati ostidagi hududga yo‘l tashkil etilishini kutmoqda.

Xerson oblastining Rossiya taʼsiri ostidagi qismiga tayinlangan «gubernator» Vladimir Saldo esa Oleşki aholisi RF tomonidan anneksiya qilingan Qrim yoki Rostovga evakuatsiya qilinishi mumkinligini aytgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, ular uchun allaqachon transport va vaqtincha joylashtirish markazlari tayyorlab qo‘yilgan. Shu bilan birga, Saldo Ukrainaga ketishni istovchilarga ham yordam ko‘rsatilishini qo‘shimcha qilgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.