Ukraina Tramp bosimida Rossiya neft zavodlariga zarbalarni vaqtinça töxtatdi
Ukraina AQŞ prezidenti Donald Trampning bosimi ortidan Rossiyadagi neftni qayta işlaş zavodlariga zarbalarni vaqtinça töxtatgan. Bu haqda The Wall Street Journal (WSJ) vaziyatdan xabardor manbalarga tayanib xabar berdi. Kiev bunday tanaffus haqida rasman eʼlon qilmagan.

Ukraina Tramp bosimi ostida Rossiya neft zavodlariga zarbalarni vaqtincha to‘xtatdi
Nashr suhbatdoshlariga ko‘ra, norasmiy tanaffus o‘tgan hafta boshida, Kiev va Vashington munosabatlaridagi inqiroz avjiga chiqqan paytda boshlangan. U 3-noyabrda AQShda o‘tadigan oraliq saylovlar yakunlanguniga qadar davom etishi kutilmoqda. Zarba bermaslik amaliyoti saylovlardan keyin, noyabr oyida ham saqlanib qolishi mumkin.
Reuters agentligi WSJ xabarini mustaqil ravishda tasdiqlay olmaganini bildirgan.
WSJ ta’kidlashicha, Ukrainaning Starlink sun’iy yo‘ldosh aloqasi, AQSh razvedka ma’lumotlari va Patriot havo hujumidan mudofaa tizimi uchun raketalarga bog‘liqligi Vashingtonning Kievga bosim o‘tkazish imkoniyatini saqlab qolgan. Bu holat Tramp Oq uyga qaytgach, Ukrainaga ajratiladigan harbiy va moliyaviy yordamning katta qismini to‘xtatganidan keyin ham o‘zgarmagan.
Maqolaga ko‘ra, Tramp so‘nggi haftalarda Volodimir Zelenskiydan Rossiya neft zavodlariga hujumlarni to‘xtatishni talab qilib, jahondagi yonilg‘i narxlari yuqoriligi uchun Ukrainani ayblagan. Matnda keltirilgan energetika ekspertlari esa narxlar oshishini asosan AQSh va Isroilning Eronga qarshi urushi bilan bog‘lamoqda.
Respublikachi nomzodlar qimmat yoqilg‘i 3-noyabrdagi saylov natijalariga salbiy ta’sir qilishidan xavotirda. Nashr Trampning Rossiya dizel yonilg‘isiga nisbatan sanksiyalarni yumshatishini ham amerikalik fermerlar va boshqa iste’molchilar xarajatlarini kamaytirishga urinish sifatida izohlagan.
WSJ bilan anonimlik sharti asosida gaplashgan ikki amerikalik amaldorga ko‘ra, Trampning kuyovi va maxsus vakili Jared Kushner 20-oktabrda Osloda o‘tgan muzokaralarda Zelenskiyni Rossiya neft zavodlariga zarbalarni 30 kunga to‘xtatishga chaqirgan.
Uchrashuvda Zelenskiy, AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff va Yevropa delegatsiyalari ishtirok etgan. Kushner muzokaralarga videoaloqa orqali qo‘shilgan.
Manbalarning aytishicha, Kushner o‘zi va Uitkoff Moskva bilan urushni tugatish shartlari bo‘yicha muzokaralarga ko‘p vaqt, kuch va samolyot yonilg‘isi sarflayotganini ta’kidlagan. U 30 kunlik tanaffusni Ukraina o‘z minnatdorligini ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan qadam sifatida taqdim etgan.
Oslodagi uchrashuvning ertasi kuni Tramp SpaceX rahbari Ilon Maskka qo‘ng‘iroq qilib, Ukraina uchun Starlink xizmatini tiklashni so‘ragan. Biroq WSJ suhbatlashgan AQSh rasmiylari Starlink faoliyatini tiklash va neft zavodlariga zarbalarni to‘xtatish masalalari o‘zaro bog‘lanmaganini aytgan.

