Dunyo

Ukraina dronlari Rossiyaga eng uzoq masofali zarbani berdi

Ukrainadan 2800 kilometr uzoqlikdagi Noviy Urengoy shahri hujumga uchradi.

Ukraina dronlari Rossiyaga eng uzoq masofali zarba berdi

Ukraina dronlari ilk bor Rossiyaning Yamal-Nenets avtonom okrugiga hujum qilgani haqida gubernator Dmitriy Artyuxov maʼlum qildi.

Noviy Urengoyda dron boʻlaklari tushishi natijasida sanoat obyektida yongʻin yuzaga keldi.

Halok boʻlganlar ham, jarohatlanganlar ham yoʻq.

Uraldagi prezident vakili Artyom Joga bergan maʼlumotga koʻra, Ukraina droni Yamal yoqilgʻi-energetika majmuasidagi obyektga zarba berishga uringan.

Noviy Urengoy Ukraina chegarasidan taxminan 2800 kilometr uzoqlikda joylashgan. Bu Ukraina Qurolli Kuchlari tomonidan Rossiyaga berilgan eng uzoq masofali zarba ekanini anglatadi.

«Agentstvo» nashri yozishicha, Ukraina dronlari Rossiya gaz qazib olishining 80 foizi toʻgʻri keladigan hududga birinchi marta yetib borgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.