Iqtisodiyot

Uklon taksi xizmatlari bozorida ustun mavqega ega deb tan topildi

Raqobat qo‘mitasi Uklon UB kompaniyasini taksi agregatorlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori deb topdi. Endilikda kompaniyada mavqeni suiiste’mol qilishning oldini olish uchun majburiy monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi va monitoring olib boriladi.

Uklon taksi xizmatlari bozorida ustun mavqega ega deb e’tirof etildi

Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi Uklon UB kompaniyasini taksi xizmatlari bozorida ustun mavqega ega raqamli platforma operatori sifatida tan oldi.

Ta’kidlanishicha, bu qaror yo‘lovchilarni tashish uchun buyurtmalarni joylashtirish va taksi xizmatlarini ko‘rsatishga imkon beruvchi vositachilik (agregator) xizmatlari bozorini tahlil qilish yakunlari asosida qabul qilingan.

Endilikda raqobat to‘g‘risidagi qonunchilik talablariga muvofiq, kompaniya faoliyatida o‘z ustun mavqeini suiiste’mol qilish holatlarining oldini olish maqsadida majburiy tartibda monopoliyaga qarshi komplayens tizimi joriy etiladi.

Shuningdek, Raqobat qo‘mitasi platforma faoliyati bo‘yicha belgilangan tartibda doimiy monitoring olib borishi ma’lum qilindi.

Ma’lumot uchun, ustun mavqe — tovar yoki moliya bozorida xo‘jalik yurituvchi subyektning yoxud shaxslar guruhining raqobatlashuvchi xo‘jalik yurituvchi subyektlarga bog‘liq bo‘lmagan holda unga o‘z faoliyatini amalga oshirish va raqobatning holatiga hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatish, tegishli bozorga boshqa xo‘jalik yurituvchi subyektlarning kirishini qiyinlashtirish yoxud ularning iqtisodiy faoliyat erkinligini boshqacha tarzda cheklash imkoniyatini beradigan holat. Agar kompaniya yoki shaxslar guruhining bozor ulushi 40% va undan yuqori bo‘lsa, shuningdek, boshqa holatlarda tovar yoki moliya bozorida ustun mavqe tan olinadi.

Eslatib o‘tamiz, Uklon — Ukrainaning mahsulot ishlab chiqaruvchi IT kompaniyasi. U O‘zbekistonda 2023-yilning iyun oyidan buyon faoliyat yuritmoqda.

Kompaniya ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda Toshkentda xizmat foydalanuvchilari 15 milliondan ortiq safarni amalga oshirgan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.