Siyosat

Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazmoqchi — The Telegraph

Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya mustaqillik referendumi o‘tkazmoqchi — The Telegraph

Uels, Shotlandiya va Shimoliy Irlandiya hukumatlari rahbarlari Buyuk Britaniyadan mustaqillik bo‘yicha referendum o‘tkazish imkoniyatini kafolatlashni talab qiladigan kelishuvni imzolashni rejalashtirmoqda.

Kelishuv 14-sentyabr kuni Uels poytaxti Kardiffda imzolanishi kutilmoqda. Tadbirda tarixan kelt xalqlari yashab kelgan hudud vakillari qatnashadi.

The Telegraph ma’lumotiga ko‘ra, uch hudud rahbarlari imzolaydigan memorandum to‘rtta asosiy yo‘nalishni — mustaqillik, energetika, iqtisodiyot va Yevropa bilan hamkorlik masalalarini qamrab oladi.

Kelishuvda tomonlar o‘z hududlarining kelajakda Yevropa Ittifoqi tarkibida bo‘lishi kerakligini qo‘llab-quvvatlashi kutilmoqda. Bunda Shotlandiya va Uels YIga mustaqil davlat sifatida yangi a’zo bo‘lishi, Shimoliy Irlandiya esa Irlandiya Respublikasi tarkibida Yevropa Ittifoqiga qaytishi nazarda tutiladi.

Nashr bu kelishuvni Buyuk Britaniyaning siyosiy birligiga qarshi yangi qadam deb baholamoqda.

Hujjat imzolangach, uch hudud siyosatchilari birgalikda matbuot anjumani o‘tkazishi kutilmoqda.

Avvalroq, AQSH prezidenti Donald Tramp Irlandiyaning Buyuk Britaniya tarkibidagi Shimoliy Irlandiya bilan birlashishini “juda istashini” aytgan edi. Tegishli bayonot mintaqadagi unionistlar (Britaniya tarkibida qolish tarafdorlari) tomonidan darhol e’tirozga uchradi.

Bu fikrlar Buyuk Britaniyaning yangi bosh vaziri Endi Bernhem Shimoliy Irlandiyaning Birlashgan Qirollik tarkibidan chiqishi bo‘yicha referendum o‘tkazish rejasi kun tartibida emasligini aytganidan ikki hafta o‘tib yangradi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.