Mahalliy

Uchqoʻrgʻon voqeasi ortidan vazirlik barcha davlat bogʻchalarida tekshirish boshladi

Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi Namangan viloyatidagi davlat bogʻchasida “zavxoz” 5 yoshli qizaloqni zoʻrlagani ortidan maxsus ishchi guruh tuzdi. Hozirda barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlari tekshirilmoqda. Uchqoʻrgʻondagi bogʻchaning voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan.

Uchqoʻrgʻon voqeasidan soʻng vazirlik barcha davlat bogʻchalarida tekshiruv boshladi

Uchqoʻrgʻon tumanidagi davlat maktabgacha taʼlim tashkilotida yuz bergan holatni oʻrganish hamda masʼullarning xizmat vazifasiga loyiqligini baholash uchun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ishchi guruh tuzildi. Vazirlik mazkur holat bo‘yicha rasmiy munosabat bildirdi.

Munosabatda voqeaga aloqador bo‘lgan hamda o‘z ishiga masʼuliyatsizlik bilan yondashgan tizimdagi barcha xodimlar va mansabdor shaxslarga nisbatan tegishli tashkilotlar vakolati doirasida zarur choralar ko‘rilishi, aybdorlar jazolanishi qayd etilgan.

“Taʼlim tashkilotining voqeaga daxldor, deb gumon qilingan xodimlari bilan tuzilgan mehnat shartnomasi bekor qilingan”, deyiladi vazirlik munosabatida.

Qo‘shimcha qilinishicha, bunday salbiy holatlar boshqa bog‘chalarda ham takrorlanmasligi uchun vazirlikning maxsus ishchi guruhi aʼzolari hozirda barcha davlat maktabgacha taʼlim tashkilotlari xodimlarini tekshirmoqda.

Avvalroq Uchqoʻrgʻon tumanidagi davlat bogʻchasida 5 yoshli qizaloq 52 yoshli xoʻjalik ishlari boʻlimi mudiri tomonidan zoʻrlab kelingani xabar qilingandi.

Holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. Gumonlanuvchi ushlangan va ehtiyot chorasi sifatida qamoqqa olingan.

Bogʻcha direktori holatni oʻrgangan Kun.uz muxbiriga “voqea sodir boʻlgan kuni mehnat taʼtilida boʻlganini” aytgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.