Mahalliy

Samarqandda o‘quvchilar eshakda maktabga qatnayotganiga izoh berildi

Samarqandda o‘quvchilarning eshakda maktabga qatnayotgani yuzasidan izoh berildi

O‘quvchilar eshakda maktabga borayotgani aks etgan video ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib, keng muhokamalarga sabab bo‘lgach, holatga Samarqand viloyati Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi munosabat bildirdi.

Ma’lum qilinishicha, videodagi holat Kattaqo‘rg‘on tuman markazidan 40 kilometr uzoqlikda joylashgan “Burgansoy” MFY Olmosuvon qishlog‘idagi 84-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida yuz bergan. Ushbu hudud Qo‘shrabot tumani bilan chegaradosh bo‘lib, tog‘ yonbag‘irlaridagi kichik va tarqoq qishloqlardan iborat. Ichki yo‘llar asosan so‘qmoqlardan tashkil topgan.

Hozirda asosiy maktabda 92 nafar o‘quvchi, maktab filialida esa 21 nafar o‘quvchi ta’lim olmoqda. Maktab filiali bilan asosiy bino orasidagi masofa 3 kilometrni, asosiy binoga qatnaydigan eng uzoq masofa esa 4 kilometrni tashkil etadi. 5–11-sinflarda jami 74 nafar o‘quvchi o‘qiydi. Ulardan Olmosuvon qishlog‘idan 45 nafar, filial hududidagi Qo‘shamazor qishlog‘idan 13 nafar, To‘lali qishlog‘idan 17 nafar va Jilqihaydar qishlog‘idan 17 nafar o‘quvchi asosiy binoga qatnaydi.

“ Tog‘li hudud va aholi punktlarining tarqoq joylashgani sababli mahalliy aholining aksariyat qismi, jumladan, kundalik harakatlanishda ushbu ulovlardan foydalanadi ”, deyiladi izohda.

Qayd etilishicha, hozirda mutasaddi tashkilotlar tomonidan ushbu olis va tog‘li hududlarda o‘quvchilarning maktabga xavfsiz va qulay qatnashlarini ta’minlash, shuningdek, yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar dasturi ko‘rib chiqilmoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.