Tuxum tarqatishdan yetti yillik koloniyagacha: PGMning bir ishtirokchisi tarixi
Sirdaryolik Ixlosbek R. 10 ta tuxum, bir litr yogʻ va bir kilogramm guruch tarqatishdan boshlab, oqibatda yetti yilga ozodlikdan mahrum etildi hamda 600 million soʻmlik zararni qoplash majburiyati bilan yakun topdi. Bu qanday sodir boʻldi? Maqolada Kun.uz bir necha bor ogohlantirgan PGM moliyaviy piramidasi odamlarni qanday qilib chuchuvga tushirgani uning oʻz soʻzlaridan hikoya qilinadi.

Tuxum tarqatishdan yetti yillik koloniyagacha: PGM ishtirokchilaridan birining tarixi
2024-yilning yozida men institutni tugatdim. Ish topishga harakat qildim, ko‘p joylarga hujjat topshirdim, lekin natija bo‘lmadi. Shundan so‘ng Instagram’dagi e’lonlarni kuzatib, mos vakansiya qidirishni boshladim.
Kunlarning birida men onlayn ish taklif qilingan reklamani ko‘rib qoldim. Unda internet orqali ishlab, yaxshi daromad topish mumkinligi aytilgandi. E’lon ostidagi tugmani bosib, telefon raqamimni qoldirdim. Tez orada men bilan Telegram orqali bog‘lanishdi.
Bir qarashda ish juda oddiy tuyuldi: video tomosha qilish va pul evaziga turli topshiriqlarni bajarish. Bu meni qiziqtirib qo‘ydi. Shuning uchun men kompaniya haqida batafsilroq surishtira boshladim: uning nomi — PGM, Pioneer Global Media.
«Bizning asosiy faoliyatimiz — mahsulotlarni internetda reklama qilish. Bizda maxsus ilova bor. Siz u yerda videolarni ko‘rasiz va kunlik topshiriqlarni bajarasiz. Buning uchun daromad olasiz. Kompaniya reklamadan tushgan foydani xodimlar o‘rtasida taqsimlaydi. Bosh ffisimiz Londonda joylashgan», — deyishdi menga.
Taklif menga yoqdi. 2025-yilning aprel oyida men PGM platformasida ro‘yxatdan o‘tdim va undan foydalana boshladim.
Ishonchli ko‘ringandi
Boshida pul tikish talab etilmadi. Har kuni 4 tadan, ikki kunda 8 ta topshiriqni bajardim. Platformadagi hisobimga 16 ming so‘m tushdi. Tekshirib ko‘rish uchun pulni bank kartamga o‘tkazdim. Ular yetib keldi. Summa kichik edi, lekin men taklif qilingan onlayn ish haqiqatan ham haq to‘lashiga ishonch hosil qildim.
Keyin menga ko‘proq pul topish uchun platformadagi darajalardan birini sotib olish kerakligini aytishdi. Daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, topshiriqlar shunchalik ko‘p va ular uchun to‘lov ham shunchalik yuqori bo‘lardi.
Men boshlang‘ich daraja — F1 uchun to‘lov qildim. Ushbu darajaning depozit majburiyati 141 ming so‘mni tashkil etardi. Unda kuniga 4 ta topshiriq berilardi, har biri uchun 2 ming so‘mdan to‘lanardi. Ish kunlari 6 kun edi. Shunday qilib, ushbu darajada kuniga 8 ming so‘m va oyiga 144 ming so‘m topish mumkin edi.
Men topgan pullarimni depozitga tikib, yuqoriroq darajaga o‘tishga harakat qildim. Daraja qanchalik yuqori bo‘lsa, depozit summasi ham, daromad ham shunchalik ortib borardi. Men hatto nogironlik nafaqamni ham ushbu ishga tikdim.

