Mahalliy

Turkiyaning Evyap Holding kompaniyasi Özbekistondagi loyihasini jadallaştiradi

Özbekiston va Turkiyaning Evyap Holding kompaniyasi OSTIM Global sanoat zonasidagi yangi loyihani jadallaştirişga kelişib oldi. Şuningdek, işlab çiqariş uçun zarur xomaşyoni mahalliylaştiriş imkoniyatlari muhokama qilindi.

Turkiyaning Evyap Holding kompaniyasi O‘zbekistondagi loyihasini jadallashtiradi

Prezident matbuot xizmatiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 29-oktabr kuni Anqarada Evyap Holding kompaniyasi boshqaruv kengashi a’zosi Ömer Evyapni qabul qildi.

Muloqot chog‘ida kompaniyaning shaxsiy gigiena va kosmetika mahsulotlari ishlab chiqarish sohasidagi tajribasi asosida hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi. Turkiya tomoni istiqbolli loyihalarni birgalikda amalga oshirishga tayyorligini bildirdi.

Ömer Evyap O‘zbekistonda turk kompaniyalari uchun yaratilayotgan qulay sharoitlar va taqdim etilayotgan imtiyozlar tufayli ularning soni yil sayin ortib borayotganini qayd etdi.

Uchrashuvda OSTIM Global O‘zbekiston–Turkiya sanoat zonasida yo‘lga qo‘yilayotgan loyihani tezlashtirish hamda unga zarur xomashyoni mahalliylashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.