Dunyo

Turkiyada oila va bolalarni himoya qilish bo‘yicha keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiyada oila va bolalarni himoya qilishga qaratilgan keng ko‘lamli operatsiya boshlandi

Turkiya hukumati “Oilam himoyada” (Ailem Güvende) operatsiyasi doirasida 162 nafar gumondor, 9 ta uyushma va 13 ta kompaniyaga nisbatan sud ishlarini boshladi. Bu haqda Turkiya adliya vaziri Akin Gurlek X ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Operatsiya Istanbul, Anqara, Izmir, Aydin va Mersin prokuraturalarining muvofiqligida, xavfsizlik organlari hamda jandarmiya bilan hamkorlikda olib borilmoqda. Beshta markaziy, jami 15 ta viloyatni qamrab olgan tadbirlar doirasida 162 nafar gumondor, 9 ta uyushma va 13 ta korxonaga nisbatan huquqiy choralar ko‘rilmoqda, deb yozdi vazir.

Uning so‘zlariga ko‘ra, tergov davomida qo‘shmachilik bilan shug‘ullangan shaxslar, shuningdek, bunday faoliyat uchun sharoit yaratgan korxonalar o‘rganilgan.

Bundan tashqari, axloqqa zid materiallar, jumladan, bolalarga oid kontentlarni tayyorlash va tarqatishda gumonlanayotgan shaxslar ham alohida tekshirilgan.

DHA yozishicha, yashirin kuzatuv, raqamli ekspertiza va guvohlarning ko‘rsatmalarini o‘z ichiga olgan tezkor tadbirlar doirasida bir vaqtning o‘zida gumondorlarni qo‘lga olish, tintuv va ashyolarni musodara qilish amaliyotlari o‘tkazilgan. Ayrim uyushmalar va faollarning ijtimoiy tarmoqlardagi akkauntlari hamda veb saytlariga kirish cheklangan.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.