Dunyo

Turkiyada 34 nafar rossiyalik ayol axloq qoidalarini buzishda ayblanib ushlandi

Anqara shahridagi tungi klublarda reydlar o‘tkazilib, 100 dan ortiq ayol qo‘lga olindi. Ular orasida MDH fuqarolari ham bor.

Turkiyada axloq qoidalarini buzishda ayblanib 34 nafar rossiyalik ayol qo‘lga olindi

Turkiya poytaxti Anqara shahrida 30 dan ortiq rossiyalik ayol ushlangan. Ularga jamoat tartibi va axloq qoidalarini buzish bo‘yicha ayblov qo‘yilmoqda.

Elchixona bergan ma’lumotga ko‘ra, politsiya xodimlari 23-oktyabr kuni Anqaradagi Maxim, Havana va Foliberger tungi klublarida reydlar o‘tkazgan. Tekshiruvlar chog‘ida Rossiyaning 34 nafar fuqarosi qo‘lga olingan.

Huquq-tartibot xodimlari ushlangan ayollarning mobil telefonlarini olib qo‘ygan. Biroq ularga shahar telefonlari orqali yaqinlari bilan bog‘lanishga ruxsat berilgan. Ayni paytda barcha ayollar Akyurt deportatsiya markazida saqlanmoqda. Ular bilan turkiyalik advokat ishlamoqda.

Tez orada bu masala yuzasidan sud majlisi bo‘lib o‘tadi. Rossiya konsulligi xodimlari ham o‘z fuqarolari bilan uchrashgan. Diplomatlar vaziyatga qarab ularga zarur yordam ko‘rsatilishini ma’lum qilgan.

Ularning aksariyati MDH mamlakatlari fuqarolari ekani aytilmoqda. Qo‘lga olingan ayollardan birining dugonasi voqea tafsilotlarini so‘zlab berdi.

Uning aytishicha, ayollar tungi klublarga raqqosa, xonanda yoki DJ sifatida ishga taklif qilingan. Keyinchalik ulardan klubga kelgan mehmonlar bilan vaqt o‘tkazish va ko‘proq pul sarflashga undash ham talab qilingan. Baza ma’lumotiga ko‘ra, Turkiya politsiyasi qo‘lga olingan ayollarni fohishalikda ayblamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.