Turkiya va Oʻzbekiston kuch tuzilmalari qochqindagi ayblanuvchini qoʻlga olish boʻyicha qoʻshma operatsiya oʻtkazdi

Turkiya va Oʻzbekiston kuch tuzilmalari yashiringan ayblanuvchini qoʻlga olish boʻyicha hamkorlikda operatsiya oʻtkazdi
Istanbulda Oʻzbekiston va Turkiya huquq-tirtibot organlarining hamkorlikdagi harakatlari natijasida xalqaro qidiruvda boʻlgan mamlakatimiz fuqarosi qoʻlga olindi. Bu haqda Oʻzbekistonning Istanbuldagi Bosh konsulxonasi sʼalum qildi.
Qoʻlga olingan fuqaro Oʻzbekiston Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismida ("Firibgarlik") nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanmoqda.
Qoʻlga olinganidan soʻng gumonlanuvchi belgilangan tartibda Oʻzbekiston sud organlariga topshirildi.
Diplomatik vakolatxonada ikki mamlakatning vakolatli idoralari jinoyatchilikka qarshi kurashish, shaxslarni qidirish va javobgarlikdan boʻyin tovlashga boʻlgan urinishlarning oldini olish sohasidagi hamkorlikni izchil davom ettirayotgani alohida taʼkidlandi.

