Sport

Turkiya Superligasi. Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov gol urgan bahsda “Bashakshehir” yirik hisobda g‘alaba qozondi

Mazkur g‘alabadan keyin Istanbul klubi hisobidagi ochkolar soni 14 taga yetdi va jamoa turnir jadvalida 10-o‘rinni egallab turibdi.

Turkiya Superligasi. Abbosbek Fayzullayev hamda Eldor Shomurodov gol urgan uchrashuvda “Bashakshehir” yirik g‘alabaga erishdi

Turkiya Superligasining 10-turida Istanbulning “Bashakshehir” jamoasi o‘z maydonida “Samsunspor”ni qabul qilib, yirik hisobda zafar quchdi.

“Fotih Terim” stadionida o‘tgan bahs mezbonlarning faol harakatlari bilan boshlandi. Uchrashuvning 10-daqiqasida Ivan Brnichning uzatmasidan keyin o‘zbekistonlik hujumchi Eldor Shomurodov raqib darvozasini ishg‘ol etib, hisobni ochdi — 1:0.

Mehmonlar bu golga tezda javob qaytardi. 22-daqiqada Muhammad Bayoning pasidan foydalangan Tangi Kulibali muvozanatni tikladi — 1:1. Shunga qaramay, “Bashakshehir” futbolchilari hujumkorlikni susaytirmadi. 25-daqiqada Saba Xarebashvilining assisti bilan Andreas Skov Olsen jamoasini yana oldinga olib chiqdi — 2:1. Birinchi bo‘lim yakuniga yaqin Yakub Kalujinskiyning uzatmasidan so‘ng Emin Bayram mezbonlarning uchinchi golini urdi va taym 3:1 hisobida yakunlandi.

Ikkinchi bo‘limda ham gollar davom etdi. 75-daqiqada yana Yakub Kalujinskiyning uzatmasidan keyin Usseynu Ba “Bashakshehir”ning to‘rtinchi goliga mualliflik qildi — 4:1. O‘yinning 84-daqiqasida zaxiradan tushgan Jores Assoumu uzatmasidan so‘ng Elayis Tavsan “Samsunspor”ning ikkinchi golini kiritib, farqni qisqartirdi — 4:2. Biroq uchrashuv yakuniga yaqin istanbulliklar safidagi ikkinchi o‘zbekistonlik futbolchi — Abbosbek Fayzullayev gol urib, hisobni yirik ko‘rinishga keltirdi.

“Bashakshehir” — “Samsunspor” 5:2

Gollar: 1:0 — Eldor Shomurodov (10), 1:1 — Tangi Kulibali (22), 2:1 — Andreas Skov Olsen (25), 3:1 — Emin Bayram (41), 4:1 — Usseynu Ba (75), 4:2 — Elayis Tavsan (84), 5:2 — Abbosbek Fayzullayev (90+1).

“Bashakshehir”: Muhammed Sengezer, Emin Bayram, Usseynu Ba, Mixal Karbovnik, Saba Xarebashvili, Olivye Kemen (Onur Ergun, 78), Yakub Kalujinskiy, Ivan Brnich (Abbosbek Fayzullayev, 78), Andreas Skov Olsen (Yusuf Sari, 78), Eldor Shomurodov (Edin Vishcha, 83), Deyvi Selke (Bertug‘ Yildirim, 67).

“Samsunspor”: Mendes, Straxinya Erakovich, Gabriele Guarino (Elayis Tavsan, 46), L. Drapinski, L. Tomasson, E. Vatt (Samed Onur, 71), Jelil Yuksel (Oskar Olenshleger, 15), Tangi Kulibali (Saykuba Jarju, 82), A. Sekongo (Jores Assoumu, 71), Muhammad Bayo, Bilal Bayazit.

Ogohlantirishlar: A. Sekongo (4), Straxinya Erakovich (85).

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.