Siyosat

Turkiy davlatlar tashkiloti davr sinovidan o‘tishi kerak – Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov Turkiy davlatlar tashkilotining kelajagi, qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik

Turkiy davlatlar tashkiloti davr sinovidan o‘tishi kerak – Alisher Qodirov

«Milliy tiklanish» demokratik partiyasi rahbari Alisher Qodirov Turkiy davlatlar tashkilotining istiqboli, qardosh mamlakatlar o‘rtasidagi hamkorlik hamda global tahdidlar yuzasidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Uning aytishicha, Turkiy davlatlar tashkilotining asoslari faqat iqtisodiy yoki siyosiy manfaatlarga emas, balki qardosh xalqlarning tarixiy va qon-qarindoshlik aloqalariga tayanishi lozim.

«Yaqin o‘n yillar ichida siyosiy manfaatlar yoki iqtisodiy manfaat uchun birlashganlarning tarqalishini kuzatamiz. Bunday bog‘lar vazifasini bajarganidan keyin uziladi, lekin qondoshlik bog‘i vaqtinchalik emas, u manfaatlarga qarab bor-yo‘q bo‘lib qolmaydi», – deb yozdi

Uning fikricha, dunyodagi geosiyosiy o‘zgarishlar sharoitida turkiy davlatlar faqat o‘zaro manfaatlar uchun emas, balki tarixiy yaqinlik sabab ham bir-birini qo‘llab-quvvatlashi kerak.

«Yaqin yuz yilda zaiflar yo‘q bo‘lib ketadi, biz yo‘q bo‘lib ketmaslik uchun birlashishga majburmiz», – deya ta’kidladi siyosatchi.

Qodirov bundan yuz yil avval turkiy xalqlar bir-biriga intilgan bo‘lsa-da, davlatlarning zaifligi sabab o‘zaro yordam bera olmaganini qayd etdi.

Shuningdek, u turkiy davlatlar o‘rtasidagi munosabatlarda iqtisodiy manfaatlardan ustun turadigan tarixiy va ma’naviy rishtalarni asrash zarurligini bildirdi.

Partiya rahbari Prezident Shavkat Mirziyoyevning Turkiy davlatlar tashkilotining Anqara sammitida ilgari surgan tashabbuslarini aynan shu mezonlar asosida chuqur o‘rganish va amalga oshirish lozimligini ta’kidladi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.