Turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik yangi amaliy bosqichga chiqmoqda
Joriy yilning 29–30 oktyabr kunlari O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev Turkiyaning Anqara shahrida Turkiy davlatlar tashkilotining 13-sammitida ishtirok etadi.

Turkiy davlatlar bilan iqtisodiy hamkorlik amaliy bosqichga ko‘chmoqda
Turkiy davlatlar tashkilotining Anqarada o‘tkazilishi rejalashtirilgan 13-sammiti oldidan tashkilot doirasidagi iqtisodiy hamkorlik yangi mazmun bilan boyimoqda. Savdo va investitsiyalar bilan birga sanoat kooperatsiyasi, transport yo‘laklari, raqamli infratuzilma, sun’iy intellekt hamda qo‘shma moliyalashtirish mexanizmlari hamkorlikning amaliy yo‘nalishlariga aylanmoqda. Shu bilan birga, TDTning 2027–2031 yillarga mo‘ljallangan yangi strategiyasi tayyorlanayotgani Anqara uchrashuvining iqtisodiy ahamiyatini yanada oshirmoqda. Turkiy davlatlar tashkiloti bugun Markaziy Osiyo, Janubiy...

