Turistik Kappadokiyada qoya oʻpirilib tushdi, qurbonlar bor. Video

Turistik Kappadokiyada qoya oʻpirilib tushdi, qurbonlar bor. Video
Kappadokiyadagi Turkiyaning Gyoreme qishlogʻida «tosh ustun» sifatida tanilgan qoya hosilasi oʻpirilib tushdi. Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, hodisa oqibatida halok boʻlganlar va jabrlanganlar bor, uch nafar yarador kasalxonalarga yetkazilgan.
Oʻpirilishdan soʻng voqea joyiga qutqaruvchilar, favqulodda xizmatlar, politsiya va jandarmeriya xodimlari yuborildi. Qidiruv-qutqaruv ishlariga favqulodda vaziyatlarni bartaraf etish va tibbiy yordam uchun masʼul boʻlgan AFAD va UMKE boʻlinmalari ham jalb etildi.
Hodisa yuz bergan hududda operativ shtab tashkil etildi. Turkiyaning Milliyet nashri maʼlumotlariga koʻra, vayronkashlar ostida halok boʻlganlar boʻlishi mumkin. Qutqaruv ishlari davom etmoqda.
Nevshehir viloyati gubernatori Huseyn Kyok ham ishlarning borishi bilan tanishish uchun voqea joyiga yetib keldi.
Eʼlon qilingan xabarda halok boʻlganlar va jabrlanganlarning fuqaroligi, jumladan, ular orasida Oʻzbekiston fuqarolari bor-yo'qligi haqida maʼlumot berilmagan.
Avvalroq Turkiyaning Antalya shahrida quyun qurilish maydonchasidagi ikkita yashash konteynerini vayron qilgan edi.

