
Trampning Floridadagi qarorgohi yaqinida biznes-jet quladi
AQŞ transport vaziri Şon Daffi yakşanba kuni Florida ştatining aholi yaşaş tumanlaridan birida biznes-jet qulab tuşgani haqida maʼlum qildi. Bortdagi töqqiz kishining barchasi halok bölgan.
Dispetçerlik xizmati bilan olib borilgan muzokaralar yozuvida ekipaj aʼzolaridan biri örtaça turbulentlik haqida xabar bergani eşitiladi. Şundan söng layner tezda balandlikni yöqota boşlagan va deyarli tik holatda yerga urilgan. Florida gubernatori bu halokatni raketa tuşishiga öxşatgan.
Aviahalokat Şimoliy Amerika Şarqiy sohil vaqti bilan soat 12:50 da (Toşkent vaqti bilan 21:50) Krestheyven yaqinida sodir bölgan – bu joy prezident Donald Trampning Palm-Biçdagi Mar-a-Lago qarorgohidan 14 km uzoqda.
AQŞ Federal fuqaro aviatsiyasi boşqarmasi (FAA) maʼlum qilişicha, havo kemasi Texas ştatining Ostin şahridan havoga kötarilgan va Bahama orollariga yo‘l olgan edi.
Vazir Daffi voqeani «dahşatli fojia» deb atadi va FAA Milliy transport xavfsizligi kengaşi (NTSB) olib borayotgan tergovga yordam beriş uchun voqea joyiga mutaxassislar guruhini yuborayotganini aytdi.
«Bu dahşatli kadrlar, – deydi jurnalistlarga Florida gubernatori Ron Desantis. – Bu raketa qulagandek edi: kuçli portlaş va parçalar har tomonga soçilib ketgan».
Parvoz tahlili şuni körsatadiki, qulaşdan oldin layner tezlik bilan pastlagan – sekundiga yuzlab fut tezlikda.
Halokatdan biroz oldin dispetçerlik xizmati bilan ötkazilgan suhbat yozuvida ekipaj aʼzolaridan biri «örtaça turbulentlik» yuzaga kelgani va «içkari sovib ketgani» haqida xabar bergani eşitiladi. Keyin bu odam samolyot «yoğingarçilik zonasiga tuşayotgani» va «balandlikka kötariliş kerakligi»ni aytadi.
Biroz ötib bu ovoz samolyot daqiqasiga 10 ming fut (3048 metr) tezlikda pastlayotganini xabar qilgan.
Ekipaj aʼzosi favqulodda holat eʼlon qilib, şunday baqirgan: «Biz ruxsat etilgan tezlikdan oşib ketdik, daqiqasiga 20 ming fut tezlikda pasaymoqdamiz». Keyin esa şunday qöşimça qilgan: «Biz hozir yerga urilamiz».

