Tramp respublikachilar saylovda yutsa, amerikaliklarga 5000 dollardan berishini aytdi

Tramp respublikachilar saylovda g‘alaba qilsa, amerikaliklarga 5000 dollardan berishini bildirdi
AQSH prezidenti Donald Tramp noyabr oyidagi saylovlarda respublikachilar Kongress ustidan nazoratni saqlab qolsa, har bir voyaga yetgan fuqaroga 5 ming dollardan berishini aytdi.
Agar respublikachilar Vakillar palatasi va AQSH Senatida, ya’ni ikkala palatada ham g‘alaba qozonsa, iqtisodiy sohadagi ulkan kuchimiz va muvaffaqiyatimiz tufayli AQSHning har bir voyaga yetgan fuqarosiga 5 ming dollardan beraman, dedi Tramp Dallasda bo‘lib o‘tgan Respublikachilar partiyasi qurultoyida.
U puldan foydalanishning yagona sharti uni AQSH hududida sarflash ekanini aytdi. Prezident va’da qilgan to‘lovlar ehtimol 1 trillion dollardan oshadi va u qanday moliyalashtirilishi noma’lum. To‘lovlarni bir partiyaning har ikki palatada g‘alaba qozonishiga bog‘lash ham huquqiy savollarni keltirib chiqarishi mumkin.
Trampning bayonotidan bir soat o‘tmay, vitse-prezident Jey Di Vens prezident taklifini qisman yumshatishga uringandek bo‘ldi. U to‘lovlar badavlat amerikaliklarga berilmasligi mumkinligini aytdi. Vens to‘lovlarni bojxona tariflaridan tushadigan daromad hisobidan moliyalashtirish mumkinligini ta’kidladi. Biroq bu mablag‘ taklif etilayotgan summa uchun yetarli emas.

