Tramp Nyu-Meksiko shtati nomini Nyu-Amerika deb oʻzgartirmoqchi
AQSh Prezidenti Donald Tramp yangi ehtimoliy nom oʻzgartirish haqida maʼlum qildi — Nyu-Meksiko shtati Nyu-Amerika shtatiga aylanishi mumkin. Bu haqda Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmogʻida yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday takliflar yangramoqda va u ushbu tashabbusni qoʻllab-quvvatlaydi. «Koʻpchilik saylovlardagi soxtalashtirishlar boʻyicha tarixdagi eng buyuk shtatlardan biri boʻlgan Nyu-Meksikoni Nyu-Amerika deb qayta nomlashni taklif qildi […]

Tramp Nyu-Meksiko shtati nomini Nyu-Amerika deb oʻzgartirish niyatida
AQSh Prezidenti Donald Tramp ehtimoliy yangi nom oʻzgartirish haqida maʼlum qildi: Nyu-Meksiko shtati Nyu-Amerika nomini olishi mumkin.
Bu haqda Oq uy rahbari Truth Social ijtimoiy tarmogʻida yozdi. Uning soʻzlariga koʻra, bunday takliflar avval ham yangragan va u buni qoʻllab-quvvatlaydi.
«Koʻpchilik saylovlardagi soxtalashtirishlar boʻyicha tarixdagi eng buyuk shtatlardan biri boʻlgan Nyu-Meksiko nomini Nyu-Amerika (New America) deb oʻzgartirishni taklif qildi. Bu ushbu potentsial jihatdan ajoyib shtat aholisi uchun ancha nufuzli va chiroyli eshitiladi. Vau, bu menga yoqyapti!» — deb yozdi u.

