Dunyo

Tramp maslahatchisi Yerdan tashqaridagi urushga tayyorlanishga chaqirdi

Tramp maslahatchisi Yerdan tashqaridagi urushga tayyorlanishga chaqirdi

Amerika harbiylari nafaqat Yer orbitasida, balki Oy atrofida ham jangovar harakatlarga tayyorgarlik ko‘rishi lozim. Bu haqda AQSH Shtab boshliqlari birlashgan qo‘mitasi raisi, general Den Keyn ma’lum qildi.

Keyn bu gaplarni AQSH ilk bor kosmik qurolni orbitaga chiqarganini bildirganidan bir necha kun o‘tib aytdi. AQSHning yana bir yuqori martabali harbiy qo‘mondoni, Kosmik kuchlarning Jangovar kuchlar qo‘mondonligiga rahbarlik qilayotgan general-leytenant Gregori Ganyon esa bu tayyorgarlikni “potensial raqiblar”, avvalo Xitoyning harakatlari bilan izohladi.

Kosmik kuchlar — AQSH qurolli kuchlarining yangi boʻlinmasi bo‘lib, ular 2019-yilda Trampning birinchi prezidentlik davrida tashkil etilgan. Ganyonning aytishicha, AQSH yaqin besh yil ichida Kosmik kuchlar tarkibidagi harbiylar sonini ikki barobarga oshirib, taxminan 25 ming nafarga yetkazishni rejalashtirmoqda. Xitoy esa 2024-yilda inqirozli vaziyatlarga javob berish uchun o‘zining harbiy-kosmik bo‘linmalarini tuzgandi.

Amerika qurollarining koinotga chiqarilishiga javoban Xitoy Tashqi ishlar vazirligi Pekin “kosmik fazoda qurollarni joylashtirish, harbiylashtirish va qurollanish poygasiga qarshi” ekanini bildirdi. Associated Press yozishicha, Amerika harbiylarining bir qator bayonotlari koinotdan faqat tinch maqsadlarda foydalanish bo‘yicha qabul qilingan xalqaro konvensiyalar va kelishuvlarga zid keladi.

Masalan, 1967-yilda AQSH va Xitoy tomonidan imzolangan Koinot to‘g‘risidagi shartnoma Oy va boshqa osmon jismlaridan “faqat tinch maqsadlarda” foydalanishni talab qiladi. Hujjat koinotda yadroviy qurol va ommaviy qirg‘in qurollarini joylashtirishni taqiqlaydi.

Biroq Harbiy-havo kuchlari vaziri Troy Meynk 14-sentyabr kuni AQSH endi orbitada kosmik qurolga ega ekanini va undan mamlakat harbiy kuchlarini himoya qilishda foydalanilishini aytdi. Harbiylar bu qurol yordamida AQSH qo‘shinlari yoki sun’iy yo‘ldoshlariga nishon olayotgan dushman sun’iy yo‘ldoshini yo‘q qilishi mumkin.

1967-yilgi shartnoma va boshqa shunga o‘xshash majburiyatlar haqidagi savolga javoban Amerika Kosmik kuchlari vakillari Qo‘shma Shtatlar “kosmosning barcha burchaklarida xavfsiz va mas’uliyatli kosmik operatsiyalarni davom ettirishini” ta’kidlamoqda.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.