Tramp Makronni Fransiya yöq bölib ketişi haqida ogohlantirganini aytdi
AQŞ prezidentining fikriça, Fransiyaga nazoratsiz migratsiya tahdid solmoqda. Fransiyada ommaviy namoyişlar bölib ötmoqda, namoyişçilarning bir qismi dökonlarni vayron qiliş va politsiya bilan töqnaşuvlarga ötgan.

Tramp Makronni Fransiya yo‘q bo‘lib ketishi haqida ogohlantirganini aytdi
AQŞ prezidenti Donald Tramp Fransiya rahbari Emmanuel Makronni immigratsiya siyosati sabab Fransiya «yo‘q bo‘lib ketishi» haqida ogohlantirganini aytdi.
«Men Makronga prezidentlik lavozimiga birinchi marta kelganimda aytgandim — u bilan erta uchrashgandim — unga “Siz Fransiyani yo‘q qilyapsiz. Siz mamlakatingizdan nafratlanadigan odamlarning kelishiga ruxsat beryapsiz”, degandim. Bu muammo tobora kuchaymoqda, hozir ham avj olmoqda», - dedi AQŞ prezidenti.
Migrantlar muammosiga nafaqat Fransiya, balki Yevropaning boshqa mamlakatlari ham duch kelgan.
«Ispaniyaga qarang, bir oy oldin yuz minglab odamlar Ispaniyaga yopirilib kirdi. Men “Oh, bu muammoga aylanadi”, dedim», - deb taʼkidladi u.
Iyul oxirlarida minglab noqonuniy migrantlar dengiz orqali Yevropa hududiga o‘tish uchun Ispaniyaning Seuta anklav shahriga kirgandi.
«Muammo keltirib chiqarayotgan odamlar Ispaniyadan ham, Fransiyadan ham, Italiyadan ham nafratlanishadi, ular bu mamlakatlardan emas. Ular bu xalqlarning sanʼatidan, binolaridan, Fransiya bilan bog‘liq barcha narsadan nafratlanadi, bu xalqdan nafratlanadi. Va ularning kelishiga ruxsat berishdi», - deya xulosa qildi Tramp.
Yevropada so‘nggi oylarda ommaviy namoyishlar bo‘lib o‘tmoqda. Umumiy mehnat konfederatsiyasi (CGT) maʼlumotlariga ko‘ra, Fransiyada 17 va 24-oktabr kuni o‘tkazilgan umummilliy namoyishlarda 800 ming kishi qatnashgan. Fransiyadan tashqari, namoyishlar to‘lqini Italiya, Belgiya, Ispaniya va Albaniyani ham qamrab oldi.
Tramp Yevropa mamlakatlarining migratsiya siyosatini muntazam tanqid qilib keladi. O‘tgan yili u noqonuniy migratsiyani «dahshatli bosqin» va «Yevropani halok qilayotgan» hodisa deb atagandi.
«O‘zingizni qo‘lga olganingiz ma’qul, aks holda Yevropangiz qolmaydi», - degandi Tramp.

