Makron Trampning hududiy da’volariga javob qaytardi

Makron Trampning hududiy da’volariga javob berdi
AQSH prezidenti Donald Tramp Atlantika okeanidagi Sen Pyer va Mikelon orollari hududi AQSH bayrog‘iga bo‘yalgan xaritani e’lon qilgandi. Fransiya prezidenti Emmanuel Makron bunga munosabat bildirdi.
Makron 19-sentyabr kuni Sen Pyerga borib, bu hudud Fransiyaga tegishli va u bilan chambarchas bog‘liq ekanini aytdi. U bu masala “muhokama qilinmaydi”ligini ta’kidladi.
“Odamlarda g‘alati fikrlar paydo bo‘layotgani yoki ular g‘alati bayonotlar berayotgani sababli biz har kuni ertalab buni takrorlash niyatida emasmiz”, dedi Fransiya prezidenti.
Sen Pyer va Mikelon — Atlantika okeanida, Kanada qirg‘oqlari yaqinida joylashgan Fransiyaning sobiq koloniyasidir. 2003-yilda arxipelag Fransiyaning dengizorti hamjamiyati maxsus maqomini olgan.
7-sentyabr kuni Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida Shimoliy Amerika va Karib havzasining katta qismi AQSH bayrog‘i bilan qoplangan xaritani e’lon qildi.
Meksika, Kanada va Kubadan tashqari, “AQSH tarkibiga” Grenlandiya va Islandiya ham kiritilgan. Fransiyaning bir nechta hududlari, jumladan, Martinika, Gvadelupa, Sen Bartelemi, Sen Marten, Sen Pyer va Mikelon ham AQSH ranglariga bo‘yalgan hududlar qatorida tasvirlangandi.

