Dunyo

Tramp BMT minbarida nutq soʻzladi: Eron, Kuba, Grenlandiya va «Super-intellekt»

AQSH prezidenti qariyb bir soatlik nutqida Eronni keskin ogohlantirdi, Rossiya–Ukraina urushini tezda tugatishga vaʼda berdi va sunʼiy intellektni «super-intellekt» deb atashni taklif qildi.

Tramp BMT minbarida nutq soʻzladi: Eron, Kuba, Grenlandiya va «Super-intellekt»

AQSH prezidenti Donald Tramp 22-sentabr kuni Nyu-Yorkda BMT Bosh Assambleyasining 81-sessiyasida nutq bilan chiqdi.

Bu chiqish joriy yilgi «Ishonchni tiklash, oʻzgarishlarni boshqarish» mavzusidagi yuqori darajadagi haftalikning asosiy voqealaridan biriga aylandi. Nutqdan keyin Tramp jahon yetakchilari bilan bir qator ikki tomonlama uchrashuvlar ham oʻtkazdi.

Nutqning markaziy mavzusi Eron boʻldi. Tramp oʻzini ogʻir tanlov qarshisida turganini aytdi:

«Men muhim qaror qabul qilishim kerak. Eron bilan kelishuvga erishib, ularga tiklanish va avvalgiga qaraganda ancha buyukroq mamlakatni, ehtimol, Yaqin Sharqdagi yoki hatto dunyodagi eng buyuk davlatlardan birini barpo etish imkonini beramanmi? Yoki men Eronni yoʻq qilamanmi va buni tezda, ularga yana odamlarni oʻldirish va mamlakatlarni vayron qilish imkoniyatini bermasdan qilamanmi? Yoki men ularni tirik qolish imkoniyatisiz va kelajak avlodlar uchun buyuklik umidisiz doʻzaxga mahkum etamanmi?».

Uning aytishicha, Eron bilan kelishuv «saylovdan soʻng darhol» — yaʼni AQSH oraliq saylovlaridan keyin tuzilishi mumkin.

Kuba masalasiga toʻxtalar ekan, Tramp shunday dedi: «Mening maʼmuriyatim, shuningdek, kommunistik rejim oʻz tarixidagi eng kuchli bosim ostida boʻlgan Kubadagi vaziyatni tubdan oʻzgartirishga intilmoqda. Bu mutlaqo barbod boʻlgan davlat... U har qachongidan ham koʻproq muvaffaqiyatsizlikka uchramoqda va u qulaydi». Shu gaplardan soʻng Kuba delegatsiyasi majlislar zalini namoyishkorona tark etdi. Trampning taʼkidlashicha, hozir Havana bilan muzokaralarni davlat kotibi Marko Rubio olib bormoqda: «U Kuba bilan muzokaralarga jiddiy kirishgan».

Tramp Rossiya va Ukraina rahbarlari bilan yaqin hamkorlik qilayotganini va mojaroni yakunlashga erishish niyatida ekanini aytdi — uning soʻzlariga koʻra, «bu albatta va tezda sodir boʻladi».

Prezident AQSH orolda ikkita yirik harbiy baza qurishini va Daniya bilan kelishuv shu kuniyoq imzolanishini tasdiqladi. U, shuningdek, Grenlandiya boʻyicha kelishuvni NATO mavqeini mustahkamlash bilan bogʻladi: «Amerikaning Arktika va Shimoliy Atlantikadagi ishtirokini kengaytirish orqali bu kelishuv nafaqat AQSH, balki Yevropani ham himoya qiladi va koʻp jihatdan NATO mavqeini mustahkamlaydi».

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.