Toşkentda uyida pivo işlab çiqargan şaxslarga jinoyat işi qözğatildi
Sexdan 22 turdagi pivo içimliklari va işlab çiqarişda foydalanilgan boşqa mahsulotlar aşyoviy dalil sifatida olingan.

Toşkentda uyida pivo ishlab chiqargan shaxslarga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi
Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toşkent shahar boshqarmasi va boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organ xodimlari hamkorligida tezkor tadbir oʻtkazildi.
Tadbirda fuqaro V.T. va boshqalar Mirzo Ulugʻbek tumani Salar boʻyi koʻchasidagi uyda yashirin sex tashkil qilib, qoʻlbola usulda isteʼmolga yaroqsiz pivo ichimligini ishlab chiqarayotganliklari aniqlandi.
Sexdan 22 turdagi pivo ichimliklari va ishlab chiqarishda foydalanilgan boshqa mahsulotlar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari oʻtkazilmoqda.

