Mahalliy

Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi

Chirchiq daryosi ustidagi ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilishi sababli 3-noyabr soat 10:00 dan 4-noyabr 07:00 gacha vodiydan Toshkentga harakatlanish yo‘nalishi yopiladi.

Toshkent—O‘sh avtomobil yo‘lining bir qismida harakat vaqtincha cheklanadi

Toshkent shahrining Bektemir tumanidan o‘tuvchi A373 “Toshkent—O‘sh” avtomobil yo‘lining bir qismida transport vositalari harakati vaqtincha cheklanadi. Bu haqda Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi ma’lum qildi.

Cheklov avtomobil yo‘lining 1-kilometrida joylashgan Chirchiq daryosi ustidagi ko‘prikda ta’mirlash ishlari olib borilishi bilan bog‘liq.

Shu sababli 3-noyabr kuni soat 10:00 dan 4-noyabr kuni soat 07:00 gacha mazkur yo‘lning vodiydan Toshkentga harakatlanish yo‘nalishi yopiladi.

Haydovchilarga qulaylik yaratish maqsadida Yuqorichirchiq tumanidan Toshkent shahriga kiruvchi transport vositalari D012 “Bektemir shahri—Chirchiq shahri—G‘azalkent shahri—Chorbog‘ qo‘rg‘oni” avtomobil yo‘lining 6-kilometridan Yik-ota va Farg‘ona yo‘li yo‘nalishiga yo‘naltiriladi.

Avvalroq O‘zbekistonda to‘qqiz oyda yo‘l qurilishida qariyb 6 mingta qoidabuzarlik aniqlangani haqida xabar berilgandi.

xabarchi’da cookie fayllari

Til va mavzu tanlovingizni eslab qolish hamda hozir saytni nechta odam o‘qiyotganini sanash uchun cookie fayllaridan foydalanamiz — bu hisob anonim, faqat brauzeringiz ochiq turganda saqlanadi va na siz bilan, na boshqa tashrif bilan bog‘lanmaydi. Ruxsatingiz bilan sayt qanday o‘qilishini ham o‘lchaymiz: Microsoft Clarity sahifa ko‘rishlari va ulardagi harakatlarni yozib boradi, o‘z hisobimiz esa qaytgan o‘quvchilarni sanaydi. Sizni tashriflar orasida taniydigan hech narsa siz qabul qilmaguningizcha o‘lchanmaydi.