Toshkentning uchta tumanida bugun gaz taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi

Bugun Toshkentning uchta tumanida gaz vaqtinchalik oʻchiriladi
Toshkentning Bektemir, Sergeli va Yashnobod tumanlarida bugun, 29 sentyabr kuni isteʼmolchilarning bir qismiga tabiiy gaz yetkazib berish vaqtinchalik toʻxtatiladi. Cheklovlar gaz tarmoqlaridagi taʼmirlash ishlari bilan bogʻliq.
Bektemir tumanida oʻchirish soat 10:00 dan 18:00 gacha amal qiladi. "Majnuntol", "Mirishkor" va "Rohat" mahallalaridagi 10 ta koʻp qavatli uy va 2,2 mingta xususiy xonadon gazsiz qoladi. Bundan tashqari, cheklov bitta AGTKSh va 24 ta kichik va oʻrta biznes korxonasiga taʼsir qiladi.
Sergeli tumanida gaz yetkazib berish soat 10:00 dan 17:00 gacha toʻxtatiladi. Oʻchirish "Halqabod", "Madaniyat" va "Soʻgʻdiyona" mahallalaridagi 28 ta koʻp qavatli va 48 ta xususiy uyni, shuningdek, 12 ta kichik va oʻrta biznes korxonasini qamrab oladi.
Yashnobod tumanida gaz soat 10:00 dan 18:00 gacha oʻchiriladi. "Olmos" va "Goʻzal" mahallalaridagi 233 ta xususiy uy va 8 ta koʻp qavatli uy, shuningdek, 10 ta kichik va oʻrta biznes korxonasi gazsiz qoladi.
Gaz taʼminoti ishlari yakunlanishi bilanoq tiklanadi.

