Toshkentning tumanlaridan birida yuzlab isteʼmolchilar gazsiz qoladi

Toshkentning tumanlaridan birida yuzlab isteʼmolchilar uchun gaz taʼminoti vaqtincha oʻchiriladi
Bugun, 29 oktyabr kuni Toshkent shahrining Mirzo Ulugʻbek tumanidagi mahallalardan birida tabiiy gaz uzatish vaqtincha toʻxtatiladi. Mutaxassislar uskunalarni demontaj qilish va gaz zadvijkasini taʼmirlash ishlarini olib borishadi.
"Hududgaz Poytaxt" matbuot xizmati xabar qilishicha, gaz uzatish soat 10:00 dan 17:00 gacha toʻxtatiladi.
Cheklovlar "Alisherobod" mahallasi Anaybuloq koʻchasida yashovchi isteʼmolchilarga taʼsir qiladi. 250 ta hovli uylar, koʻp qavatli uydagi 48 ta xonadon aholisi hamda beshta ulgurji isteʼmolchi gazsiz qoladi.
Gaz taʼminoti tashkiloti vaqtinchalik noqulayliklar uchun uzur soʻradi.

